Afsonaviy Ford Loyihasi

Aslida afsonviy Genri Ford hamda afsonaviy Ford T avtomobillari haqida juda ko’p va xo’p maqolalar yozilgandir. Ushbu mashina sabab, Amerika avtomobil sanoati mamlakatiga aylangani hech kimga sir emas. Hozirda ko’pchilik mashinalar konveyer ko’rinishida yi’g’ilishini yaxshi tushunib yetishadi. Shu bilan birga «detalni ta’mirlagandan ko’ra uni almashtirish osonroq» ekanligi hammaga ma’lum.

1890-yillarda u yosh mexanik sifatida Detroyt shtatining Michigan shahrida joylashga elektr kompaniyasida ishlardi. Ish juda o’g’ir edi va u undan biro z kamroq daromad kasb qilardi. Ish kuni kamida 10 soat davom etishiga qaramasdan u haftasiga jami 11 dollar maosh olardi.

Ishdan uyga qaytgandan so’ng, bu yosh yigitcha ko’pincha o’z omborxonasida yarim kechasigacha “yangi dvigatel turi”ni ixtiro qilishga urinib vaqtini o’tkazardi. Bu yigitning amaldagi fermer otasi o’gli qimmatli vaqtini bekorga zoya ketkazayotganiga ishonchi komil edi. Qo’shnilar u aqldan ozgan, deb o’ylashardi. Uning ustidan hamma kulardi va hech kim uning qo’lidan foydali bir narsa kelishiga ishonishmas edi..

Mutlaqo hech kim, ammo uning xotini ishonardi ….

Faqatgina uning xotini uning tungi omborxonadagi ishlariga yordamlashar edi. Qish kunlari erta kech tushgani sababidan xotini uning tepasida kerosin chiroq yoqib turardi. Sovuqdan uning qo’llari ko’karib ketar va tishlari sovuqdan taqillab qolardi.

Lekin u baribir qattiq ishonardi.

U erining qo’lidan bu ish kelishiga va dvigatel ishlab ketishiga ishonardi. U shunchalik qattiq ishonganidan eri uni “Ishonuvchi” deb chaqirardi.

Eski g’isht omborxonada uch yildan o’rtiq olib borilgan qattiq mehnat natijasida, ular nihoyat o’z maqsadiga erishadilar. Bu ixtiro 1893 yilda ixtirochi o’ttiz yoshga to’lishidan biro z oldin sodir bo’ladi.

O’sha kuni qo’shnilar g’alati tovushlarni eshitishadi. Qo’shnilarning ko’pchiligi o’sha kunu Genri Ford va uning xotini yo’l bo’ylab hech qanday ot aravasiz yurishga muvaffaq bo’lganliklarini derazalardan ko’rishadi. Ular burchakka borib va keyin yana orqaga omborxonaga qaytishga muvaffaq bo’lishadi. Dvigatel ishlar edi.

Bu oqshom yangi sanoat turi yaratilgan edi – avtomobilsozlik sanoati. Keyinchalik ushbu sanoat Amerika Qo’shma Shtatlarda yetakchi bo’lishi taqdir etilgan edi. Agar janob Genri Fordni avtomobilsozlik qurilishining otasi, deb olsak, unda shubhasiz Ford xonimni uning onasi deb atash mumkin bo’ladi.

Ellik yildan so’ng Genri Forddan agar u o’z hayotini yana qaytadan boshlaganda imkon berilganda, u kim bo’lishini xohlashini so’rashadi.

«Menga farqi yo’q, – deydi u, – eng asosiysi, mening yonimda xotinim bo’lsa bo’ldi.»

Kelin endi Ford mashina yaratish loyihasini qanday tashkil qilganini ko’rib chiqaylik. Bir necha dalillarni keltiramiz:

– Ushbu loyiha uchun Ford Dirborn shahrida joylashgan zavodining deyarli butun bir qavatini ajratadi. Yangi mashina yaratish uchun rejalashtirilgan xonaga kirishga faqatgina bir necha kishilarga ruxsat etiladi – Fordning o’ziga, kompaniyaning top-menejerlaridan biri bo’lmish Djo Kazensga, va ularning eng yaxshi muhandislariga, ularning orasida eng yaxshi muhandis Chayld Uills ham bor edi.

– Loyiha jamoasi zavodning boshqa xodimlari bilan muloqot qilish huquqiga ega emas edi, va tashqi dunyo bilan uning aloqa cheklangan. Hamda ularga ish uchun zarur bo’lgan barcha materiallar taqdim etiladi, jumladan metal uchun o’choq va metallni qayta ishlash uchun zarur stanoklar.

– Jamoa erta tongdan kechga qadar ishlar edi va unga barcha zarur narsalarni birinch talabdayoq taqdim etishardi. Ford odamlar faqat ushbu vazifaga yo’naltirilgan bo’lishlarii kerak va ularni kunlik odatiy ishlar bilan chalg’itib bo’lmaydi, deb hisoblardi. Fordning o’zi ham ko’p vaqtini suhbu jamoa bilan o’tkazardi va bu loyihada tezkor qarorlar qabul qilishga sabab bo’lardi.

– Ma’lum bir vaqtda jamoa qiyin muammoga duch keladi. Mashinaning taxminiy og’irligi bir tonna edi, ammo Ford esa uning vazni 900 kgdan ortiq bo’lishi kerak emas, deb talab qo’yar edi. Ushbu muammoni bartaraf qilish uchun ular tezda avtomobil sohasidam bo’lmagan mutaxassislarni taklif qilishadi. Muammo tezda hal bo’ladi va mashina 850 kg vaznga ega bo’la boshlaydi, va jamoa loyihada davom etadilar.

– Ford yana loyiha davomida avtomobillar sotilishini qanday ilgari surishni o’ylab ko’radi. Yangi modelning narxi uncha arzon bo’lmaganligi uchun, Ford hozirgi kunlarda ham hamon ishlatiladigan ajoyib marketing yo’lini tanlaydi, ya’ni «asosiy paketi ichida» mashinani o’zini sotish, va barcha qo’shimchalarni qo’shimcha pul evaziga taqdim qiladi. Hatto oyna va mashina balonlari uchun ham xaridor qo’shimcha pul to’lashiga to’g’ri keladi.

– Loyihaning eng avvalgi davridan loyiha jamoasiga aniq maqsad qo’yiladi, ya’ni avtomobil oddiy komponentlardan tashkil topgan bo’lishi va natijada narxi arzon bo’lishi kerak edi. Jamoa bor diqqat e’tiborini bu maqsadga qaratdi va natijada avtomobilni boshqaruvi sal noqulayroq bo’lib yuzaga keldi. Misol uchun, Ford T mashinasini pedal ko’rinishida bo’lmasdan, balki bosqaruv ruli ostida richag ko’rinishida edi. Boshqa tarafdan tezlikni o’zgartish pedallar yordamida amalga oshirilib, pedallarning umumiy soni uchta edi. Bu narsa sabab Ford T avtomobili egalari uchun ayrim shtatlarda alohida haydovchilik guvohnamalari berishga to’gri keladi.

Avtomobilning konstruktsion xususiyatlari sabab baland tepaliklarda ko’tarilganda uning dvigateli o’chib qolar edi. Bu haqida bir qiziq hikoyacha mavjud. Bir fermer ushbu mashina o’zining uyiga ketish yo’lidagi tepalikdan o’ta olsagina sotib olishini aytadi. Sotuvchi ham bu xolatda o’zini yo’qotib qo’ymadi, balki ajoyib yo’l topadi. Sotuvchi mashinani haydab tepalikning yarmigacha ko’tariladi, keyin esa mashinani teskari aylantirib olib, qolgan yo’lni mashinani orqamachiga haydab manzilga yetkazadi. Ushbu usul – mashinaning tepaliklardan olib o’tishning yagona yo’li edi.

Sizlarga ushbu dalillar hech narsani esga solmayaptimi? Tahminan qariyb 70 yildan so’ng, Sitv Djobs ham hozirgi kunning eng muvaffaqiyatli proektlaridan bo’lmish Makintosh rivojlanishini ham shu kabi yo’l bilan amalga oshirdi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan