Bajarish Protsess Guruhi

Bajarish Protsess Guruhi loyiha xususiyatlarini qondirish maqsadida loyiha boshqaruv rejasida belgilangan ishlarni amalga oshiruvchi protsesslardan iboratdir. Ushbu Protsess Guruhi odamlarni va resurslarni koordinatsiya qilishni, manfaatdor tomonlarning istaklarini boshqarishni, shuningdek, loyiha boshqaruv rejasiga muvofiq ravishda loyiha faoliyatlarini itnegratsiya qilish va amalga oshirishni o’z ichiga oladi.

Loyihani bajarish davomida natijalar rejaga yangilanishlar kiritishiga yoki yangi bazoviy rejalar qabul qilinishiga sabab bo’lishi mumkin. Bular kutilayotgan faoliyatlarning davomiyliklariga kiritilayotgan o’zgarishlarni, resurs samaradorligiga va mavjudligiga kiritilayotgan o’zgarishlarni hamda kutilmagan risklarni o’z ichiga olishi mumkin. Bunday og’ishlar loyiha boshqaruv rejasi yoki loyiha hujjatlariga ta’sir o’tkazishlari mumkin hamda batafsil tahlil qilishni talab etishi va shunga muvofiq loyiha boshqaruv chora-tadbirlarini ishlab chiqishi mumkin. Tahlil qilish natijasida yuzaga keladigan natijalar o’zgarish talablarini vujudga keltirishi mumkin. Agar o’zgarish talablari tasdiqdanadigan bo’lsa, bu loyiha boshqaruv rejasi yoki boshqa loyiha hujjatlariga o’zgartirishlar kiritishi va ehtimol yangi bazoviy rejalar yaratilishiga sabab bo’lishi mumkin. Loyiha byudgetining eng katta qismi Bajarish Protsess Guruhi protsesslarini amalga oshirish mobaynidan sarflanadi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan