Boshlash Protsess Guruhi

Boshlash Protsess Guruhi yangi loyihani yoki mavjud loyihaninig yangi fazasini aniqlash uchun kerak bo’ladigan protsesslarni o’z ichiga olgan bo’lib va bu loyiha yoki yangi fazani boshlash uchun ruxsat olish yo’li bilan amalga oshiriladi. Boshlash protsessi doirasida boshlang’ich loyiha tarkibi aniqlanadi va boshlang’ich moliyaviy resurslari tasdiqlanadi. O’zaro ta’sir qiladigan va loyiha natijalariga  ta’sir o’tkaza oladigan ichki va tashqi manfaatdor tomonlar aniqlanadi. Loyiha rahbari tayinlanadi, agar u hamon tayinlanmagan bo’lsa.  Ushbu ma’lumotlar loyiha ustaviga (project charter) va manfaatdor tomonlar reyesteriga kiritiladi. Loyiha ustavi tasdiqlangandan so’ng, loyiha(ni boshlash) rasmiy kuchga kiradi. Loyiha boshqaruv jamoasi loyiha nizomini tuzishda ishtirok etishi mumkinligiga qaramay, ushbu standart biznes talab (biznes-keys) ni baholash, tasdiqlash va moliyalashtirish loyiha chegaralaridan tashqarida olib borilishi kerak deb taklif qiladi. Loyiha chegarasi deb, loyiha yoki loyiha fazasining kuchga kirishidan boshlab toki tugallangunigacha qaratilgan vaqt oralig’iga aytiladi. Ushbu Protsess Guruhining asosiy maqsadi manfaatdor tomonlar kutgan natijalarni loyiha maqsadlari bilan moslaydi, ularga loyiha tarkibi va maqsadlari haqida aniq tasvirni keltirib beradi, ularning loyiha va u bilan bog’liq fazalarda ishtirok etishlari ularning kutgan natijalariga yetishishda qanchalik yordam berishini ko’rsatadi. Bu protsesslar loyiha tugallanishi uchun zarur bo’lgan loyiha ko’rinishini aniqlashda yordam beradilar.

Katta qiyin loyihalar alohida fazalarga bo’linishlari lozim. Bunday loyihalarda loyiha ustavini ishlab chiqish va manfaatdor tomonlarni aniqlash protsesslari davomida qabul qilingan qarorlarni to’griligni tekshiriladi va Boshlash protsesslari keyingi keladigan fazalar davomida amalga oshirib boriladi. Har bir fazaning avvalida Boshlash protsesslarini amalga oshirish, loyiha yetkazib berishi kerak bo’lgan biznes ehtiyojlarga loyiha diqqatini qaratishda yordam beradi. Muvaffaqiyatga erishish mezonlari va loyiha manfaatdor tomonlarining ta’sirlari, g’ayratlari va maqsadlari tekshiriladi. So’ng esa loyiha davom ettirilishi, kechiktirilishi yoki to’xtalishi kerakligi to’grisida qaror qabul qilinadi.

Boshlash protsesslari davomida homiylar, mijozlar va boshqa manfaatdor tomonlarni jalb etish muvaffaqiyat mezonlari haqidagi umumiy tushunchani yaratilishiga, jalb qilishga ketadigan qo’shimcha harajatlarni kamayishiga va umuman olganda yetkazib berilayotgan natijalarni qabul qilinishiga, shu bilan birga mijoz va boshqa manfaatdor tomonlarning talablarini qondirilishiga olib keladi.

Boshlash protsesslari tashkiliy, programma yoki portfel darajalarida amalga oshirilishi mumkin va shuning uchun bunday holatda bular loyiha darajasidagi nazoratga tashqaridan yondashadi. Misol uchun, biron-bir loyihani boshlashdan avval katta tashkiliy tashabbuslar doirasidagi yuqori darajadagi talablarning kerak ekanligi hujjatlashtirilishi mumkin. Yangi narsani boshlashning qanchalik muvofiqligi muqobil variantlarni baholash protsessi natijasida tushinilishi mumkin. Talablarni qondirish yo’lida qaysi maxsus loyiha eng yaxshi muqobil variant ekanligi sabablarini o’rgangan holda loyiha maqsadlarining aniq tavsiflari ishlab chiqilishi mumkin. Shuningdek, ushbu qarorga tegishli hujjatlar tashkilot investitsiya analizi uchun zarur bo’lgan dastlabki loyiha tarkibining bayonini, yetkazib berilayotgan natijalarni, loyiha davomiyligini va resurslar tahminini o’z ichiga olishi mumkin. Boshlash protsesslarining bir qismi sifatida loyiha rahbariga tashkilot resurslarini keyinroq keladigan loyiha faoliyatlarida qo’llash uchun ruxsat beriladi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan