Loyiha Inson Resurslari Boshqaruvi

Loyiha Inson Resurslari Boshqaruvi o’z ichiga loyiha jamoasini tashkil qiluvchi, boshqaruvchi va rahbarlik qiluvchi protsesslarni o’z ichiga oladi. Loyiha jamosi esa loyihani amalga oshirish uchun tayinlangan rol va ma’suliyatlarga ega insonlardan tashkil topgandir. Loyiha jamoasi a’zolari turli xil ko’nikmalar to’plamiga ega bo’lishi, to’liq yoki qisman vaqtga tayinlangan bo’lishi va loyihani bajarish davomida jamoaga qo’shilishlari yoki jamodan olib tashlanishlari mumkin. Loyiha jamoa a’zolari uchun maxsus rollar va ma’suliyatlar tayinlangan bo’lishiga qarmasdan, loyihani rejalashtirishda va qarorlar qabul qilishda barcha jamoa a’zolarinining jalb etilishi foydalidir. Rejalashtirish davomida jamoa a’zolarining ishtiroki ushbu protsessga ularning o’z tajribalari yordamida hissa qo’shishini ta’minlaydi va ularning loyihaga bo’lgan majburiyatlarini mustahkamlaydi.

Quyida asosiy Loyiha Inson Resurslari Boshqaruvi protsesslari keltirilgan:

  • Inson Resurslari Boshqaruvini Rejalashtirish – Loyiha rollarini, ma’suliyatlarini, talab etgan ko’nikmalarini, javobgarlik munosabatlarini aniqlash va hujjatlashtirish, shuningdek, kadrlar boshqaruv rejasini yaratish protsessidir.
  • Loyiha Jamoasini Tashkil Qilish – Inson resurslari mavjudligini tasdiqlash va loyiha faoliyatlarini amalga oshirish uchun kerakli jamoani jalb etish protsessidir.
  • Loyiha Jamoasini Rivojlantirish – Loyihaning bajarish unumdorligini oshirish maqsadida kompetentsiyalarni, jamoa a’zolari o’zaro hamkorliklarini va jamoaning umumiy ish sharoitlarini takomillashtirish protsessidir.
  • Loyiha Jamoasini Boshqarish – Loyihaning bajarish unumdorligini optimallashtirish maqsadida jamoa a’zolarining unumdorliklarini kuzatish, teskari aloqani taqdim qilish (fikr-mulohazalarni bildirish), muammolarni hal qilish va o’zgarishlarni boshqarish protsessidir.

Ushbu protsesslar bir-birlari bilan va boshqa Bilim Sohalariga oid protsesslar bilan o’zaro munosabatlarga egadirlar.

Bu o’zaro ta’sirlar natijasida loyiha davomida qo’shimcha rejalashtirishlar talab qilinishi mumkin. Masalan:

  • Dastlabki jamoa a’zolari ishning iyerarhiya strukturasini yaratganlaridan so’ng, jamoaga qo’shimcha jamoa a’zolari qo’shilishiga ehtiyoj paydo bo’lishi mumkin.
  • Jamoaga qo’shimcha jamoa a’zolari qo’shilganlaridan so’ngra, ularning tajriba daralajalari yoki kamchiliklari loyiha xavfining pasayishiga yoki oshishiga olib kelishi va xavflarga nisbatan qo’shimcha rejalashtirishga bo’lgan ehtiyojni yaratishi mumkin.
  • Agarda faoliyatlarning muddatlarini baholash, byudgetlashtirilish, tarkibga kiritish yoki rejalashtirish loyiha jamoasi va ularning kompetentsiya darajalarini aniqlanishdan avval bajarilsa, unda faoliyatlarning muddatlariga o’zgarishlar kiritilishi mumkin.

Loyiha boshqaruv jamoasi – loyiha jamoasining bir qismi bo’lib, loyiha boshqaruvi uchun va turli hil loyiha fazalari doirasidagi boshlash, rejalashtirish, bajarish, monitor qilish, nazorat qilish va yopilish kabi faoliyatlarga yetakchilik qilish uchun ma’suldir. Ushbu guruhni yana o’zak, ma’muriy va rahbar jamoalar deb ham ifodalash mumkin. Kichikroq loyihalar uchun, loyiha boshqaruv vazifalari butun jamoa a’zolari orasida taqsimlangan bo’lishi mumkin yoki loyiha rahbariga to’gridan-tog’ri yuklatilgan bo’lishi mumkin. Loyiha homiysi odatda loyiha boshqaruv jamoasiga loyihani moliyalashtirish, tarkibga oydinlik kiritish, progressni monitor qilish, loyiha foydasini ko’zlab buyurtma beruvchi va bajaruvchi har ikkala tashkilotlardan qatnashuvchi manfaatdor tomonlarga ta’sir o’tkazish orqali ko’maklashadi.

Loyiha jamoasini boshqarish va yetakchilik qilishga quyidagilar kiradi, lekin ular bilan cheklanib qolmaydi:

  • Loyiha jamoasiga ta’sir o’tkazish. Loyiha rahbari loyihaga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan inson resurslari omillari va ularning ta’siri haqida xabardor bo’lishi kerak. Bu omillarga loyihaning bajarilish unumdorligiga o’zgartirish kiritishi mumkin bo’lgan jamoaning o’rab turgan muhit, jamoa a’zolarining geografik joylashuvi, manfaatdor tomonlar orasidagi kummunikatsiyalar, ichiki va tashqi siyosat, madaniy masalar, tashkilot xususiyatlari va boshqa omillar kiradi.
  • Professional va etikaga oid ahloq. Loyiha boshqaruv jamoasi professional va etikaga oid odob-ahloq normalari haqida xabardor bo’lishi, ularni tadbiq qilishi va ushbu normalar hamma jamoa a’zolari tominidan bajarilayotganligini ta’minlashi kerak.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan