Loyiha Integratsiya Boshqaruvi

Loyiha Integratsiya Boshqaruvi Loyiha Boshqaruv Protsess Guruhlariga oid turli hil protsesslarini va loyiha boshqaruv faoliyatlarini aniqlash, belgilash, birlashtirish, jipslashtirish va koordinatsiya qilsh kabi protsesslarni va faoliyatlarni o’z ichiga oladi. Integratsiya Loyiha Boshqaruv kontekstida nazorat etilayotgan loyihani bajarishdan boshlab toki tugallangunicha, manfaatdor tomonlar istaklarini muvaffaqiyatli boshqarish ishlarida va talablarga yetisish ishlarida juda muhim omillar hisoblanadigan birlashtirish, mustahkamlash, kommunikatsiyalar va integrativ faoliyatlar kabi xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Loyiha Integratsita Boshqaruvi resursalarni tayinlash, raqobatlashuvchi maqsadlar va muqobil variantllar o’rtasidagi murosani izlash, shuningdek, Loyiha Boshqaruv Bilim Sohalari o’rtasidagi o’zaro bog’liklarni boshqarish kabi ishlarga taaluqli qarorlarni qabul qilishni o’z ichiga oladi. Loyiha boshqaruv protsesslari odatda belgilangan interfeyslarga ega diskret ko’rinishida bo’lib, amalda esa ular shunday bir-birlarini to’ldirib va o’zaro ta’sir o’tkazib keladiki, ularni PMBOK® qo’llanmasida ham to’liq yoritib berishning imkoni yo’qdir.

Quyida asosiy Loyiha Integratsiya Boshqaruvi protsesslari keltirilgan:

  • Loyiha Ustavini Ishlab Chiqish – Loyiha mavjudligini rasmiy ravishda kuchga kirituvchi va loyiha rahbariga tashkiliy resurslarni loyiha faoliyatlariga qo’llash vakolatlarini beruvchi hujjatni ishlab chiqish protsessidir.
  • Loyiha Boshqaruv Rejasini Ishlab Chiqish – Barcha yordamchi rejalarni aniqlovchi, tayyorlovchi, koordinatsiya qiluvchi va ularni keng qamrovli loyiha boshqaruv rejasiga integratsiya qiluvchi protsessdir.
  • Loyiha Ishini Idora Etish va Boshqarish – Loyiha boshqaruv rejasida belgilangan ishlarga yetakchilik qilish va ularni bajarish hamda loyiha maqsadlariga yetishish yo’lida tasdiqlangan o’zgarishlarni amalga oshirish protsessidir.
  • Loyiha Ishini Monitor va Nazorat Qilish – Loyiha boshqaruv rejasida belgilangan maqsadlarga erishish amallariga nisbatan loyiha progressini kuzatish, tahlil qilish va hisobot berish protsessidir.
  • Integratsion O’zgarishlar Nazoratini Amalga Oshirish – Barcha o’zgarish so’rovlarini tahlil qilish, o’zgarish so’rovlarini tasdiqlash va yetkazib berilayotgan natijalarga, tashkiliy protsess aktivlariga, loyiha hujjatlariga, shuningdek, loyiha boshqaruv rejasiga kiritilayotgan o’zgarishlarni boshqarish va va ularning holati haqida kommunikatsiya qilish protsessidir.
  • Loyiha yoki Fazani Yopish – Faza yoki loyihani rasmiy ravishda tugatish uchun Loyiha Boshqaruv Protsess Guruhlari doirasidagi barcha faoliyatlarni yakuniga yetkazish protsessidir.

Loyiha Integratsiya Boshqaruviga bo’lgan ehtiyoj individual protsesslar bir-biriga o’zaro ta’sir o’tkazadigan holatlarda zarurdir. Misol uchun, ko’zda tutilmagan holatlar rejasi uchun narxni tahmin qilish Loyihaning Narx, Vaqt va Xavf Boshqaruvlarining Bilim sohalariga oid protsesslarning integratsiyasini o’z ichiga oladi. Agarda turli kadrlar alternativasiga oid qo’shimcha xavflar aniqlanadigan bo’lsa, unda shunga aloqador bir yoki bir necha protsesslar qayta ko’rib chiqilishi mumkin. Loyiha yetkazib berayotgan natijalar amaldagi tashkilotning, talab etayotgan tashkilotning amaldagi ekspluatatsiyalari bilan integratsiya qilinishiga ehtiyoj sezishi mumkin. Shuningdek, kelajakda keladigan muammolar va imkoniyatlarni hisobga oladigan uzoq muddatli strategik rejalashtirish bilan ham integratsiya qilinishi mumkin. Yana Loyiha Integratsiya Boshqaruvi loyiha boshqaruv rejasi va mahsulot, xizmat yoki yetkazib berilayotgan natijlarning imkoniyatlari bilan muvofiqligini ta’minlash maqsadida loyiha hujjatlarining boshqaruviga qaratilgan faoliyatlarini o’z ichiga oladi.

Amaliyotdagi eng tarjribali loyiha boshqaruvi mutaxassislari ham loyiha boshqaruvining yagona universal usuli yo’qligini biladilar. Ular loyihani bajarishdagi talab etilgan darajaga erishishlari uchun loyiha boshqaruviga oid bilimlarni, ko’nikmalarni va talab etilgan protsesslarni afzal ko’rilgan ketma-ketlikda va turli darajadagi qat’iyatlik bilan tadbiq etadilar. Ammo ayrim protsesslar majburiy emaslig to’g’risidagi xulosa, ularga e’tibo berish kerak emas degan ma’noni bildirmaydi. Loyiha rahbari va loyiha jamoasi har bir protsessni va shu loyiha doirasidagi har bir alohida protsessning bajarilish uchun talab etilgan loyiha muhitini ko’rib chiqishi lozim. Agar loyiha bir necha fazalardan tashkil topgan bo’lsa, har bir loyiha fazalari uchun tadbiq etiladigan qat’iyatlilik darajasi har bir fazaning o’ziga mos kelishi kerak. Ushbu aniqlanish loyiha rahbari va loyiha jamoasi tomonlaridan ham amalga oshirilishi mumkin.

Loyihani amalga oshirish uchun boshqa turdagi operatsiyalarni ko’rib chiqish davomida loyiha va loyiha boshqaruvnining integratsion tabiatini tushunib yetish mumkin. Loyiha boshqaruv jamoasi tomonidan amalga oshiriladigan ayrim faoliyatlarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:

  • Tarkibni ishlab chiqish, baholash, tahlil qilish va tushunib yetish. Buning ichiga loyihaga aloqador loyiha va mahsulot talablari, kirteriyalari, taxminlar, cheklovlar va boshqa ta’sirlar kiradi. Shuningdek, loyiha doirasida ularning har biri qanday yo’l bilan boshqarilishi yoki ko’rib chiqilishi ham kiradi;
  • PMBOK® qo’llanmada tasvirlangan tizimli yondashuvni ishlatgan holda to’plangan loyiha ma’lumotlarini loyiha boshqaruv rejasi ko’rinishiga o’tkazish;
  • Loyiha natijalarini yetkazib berishga qaratilgan faoliyatlarni amalga oshirish; va
  • Loyiha progressini o’lchash va nazorat qilishi, shuningdek, loyiha maqsadlariga yetishish uchun tegishli ishlarni amalga oshirish.

Loyiha Protsess Guruhi doirasidagi protsesslar o’rtasidag aloqalar ko’pincha iterativ xarakterga egadirlar. Misol uchun, loyiha avvalida Rejalashtirish Protsess Guruhi Bajarish Protsess Guruhi uchun zarur loyiha boshqaruv rejasini taqdim qiladi va agar loyiha davomida o’zgarishlar sodir bo’lsa, unda loyiha boshqaruv rejasiga kerakli yangilanisharni kiritadi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan