Loyiha Kommunikatsiya Boshqaruvi

Loyiha Kommunikatsiya Boshqaruvi o’z ichiga loyiha axborotlarini o’z vaqtida va kerakli ravishda rejalashtirish, yig’ish, yaratish, tarqatish, saqlash, yuklash, boshqarish, nazorat qilish, monitoring va yakunda arhivlashtirish uchun zarur bo’lgan protsesslarni o’z ichiga oladi. Loyiha rahbarlari o’zlarining asosiy vaqtlarini jamoa a’zolari va boshqa loyiha manfaatdor tomonlari bilan kommunikatsiya qilib o’tkazadilar, ular tashkilotga nisbatan ichki (barcha tashkiliy darajalarda) yoki tashqi bo’lishlariga qaramay.

Samarali kommunikatsiya loyihani bajarishga yoki natijalariga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan turli madaniy va tashkiliy kelib chiqishlar, turli darajadagi kompententsiyalar, turli xildagi perspektivalar va manfaatlarga ega turli manfaatdor tomonlar orasida ko’prik hosil qiladi.

Quyida asosiy Loyiha Kommunikatsiya Boshqaruvi protsesslari keltirilgan:

  • Kommunikatsiyalar Boshqaruvini Rejalashtirish – Manfaatdor tomonlarning axborotga bo’lgan ehtiyojlari va talablari va mavjud tashkiliy aktivlarga asoslanga holda loyiha kommunikatsiyalarini tegishli yondashuv va rejasini ishlab chiqish protsessidir.
  • Kommunikatsiyalarni Boshqarish – Kommunikatsiyalar boshqaruv rejasiga asoslangan holda loyiha axborotlarini yaratish, yig’ish, tarqatish, saqlash, yuklash va yakunda arhivlashtirish protsessidir.
  • Kommunikatsiyalarni Nazorat Qilish – Manfaatdor tomonlarning axborotga bo’lgan ehtijoylarini ta’minlash maqsadida loyihaning butun hayot tsikli davomida kommunikatsiyalarni monitor va nazorat qilish protsessidir.

Ushbu protsesslar bir-birlari bilan va boshqa Bilim Sohalariga oid protsesslar bilan o’zaro munosabatlarga egadirlar.

Ushbu protsesslarda jalb etilgan kommunikatsiya faoliyatlari ko’pincha hisobga olinishi zarur bo’lgan quyidagi o’lchamlarga egadirlar, lekin ular bilan cheklanib qolmaydi:

  • Ichki (loyiha doirasida) va tashqi (mijozlar, sotuvchilar, boshqa loyihalar, tashkilotlar va jamoatchilik bilan);
  • Formal (hisobotlar, protokollar, brifinglar va noformal (elektron xatlar, eslatmalar va maxsus tayinlangan munozaralar);
  • Vertikal (tashkilotning tepa va past darajalardagi xodimlari bilan) va gorizontal (mavqei teng xodimlar bilan);
  • Rasmiy (axborotl bulletenlari, yillik hisobotlar) va norasmiy (hujjatlashtirilmagan kommunikatsiyalar);
  • Yozma, o’g’zaki, verbal (ovoz intonatsiyasi) va noverbal (tana imo-ishoralari).

Quyidagi asosiy kommunikatsiya ko’nikmalari har ikkala asosiy boshqaruv va loyiha boshqaruvlari uchun umimiydir, lekin ular bilan cheklanib qolmaydi:

  • Faol va samarali tinglash;
  • Yaxshiroq tushunishni ta’minlash maqsadida savollarga tutish, g’oyalar va vaziyatlarni o’rtaga tashlash;
  • Jamoa a’zolarining samaradorligini oshirish maqsadida ularning bilimlarini oshirish uchun zarur ta’limni berish;
  • Axborotlarni aniqlash va tasdiqlash maqsadida dalillarni qo’lga kiritish;
  • Ma’lum bir faoliyatni amalga oshirish uchun shaxs, jamoa yoki tashkilotni ko’ndirish;
  • Rag’batlantirish yoki ishonch hosil qilish maqsadida motivatsiya qilish;
  • Tomonlar o’rtasida o’zaro maqbul kelishuvlarga erishish maqsadida muzokaralar olib borish;
  • Zararli oqibatlarni oldini olish maqsadida kelishmovchiliklarni bartaraf etish; va
  • Sarhisob qilish, xulosalash va keyingi qadamlarni aniqlash.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan