Loyiha Boshqaruv Ofisi (LBO) – bu boshqaruv strukturasi bo’lib, loyihani idora etishga oid protsesslarni standartlashtiradi va resurslarni taqsimlash, metodologiyalar, vositalar va metodlar bo’yicha ko’maklashadi. LBOning majburiyatlari loyiha boshqaruv bo’yicha yordam ko’rsatishdan tortib, bir yoki bir necha loyihalarni to’g’ridan-to’gri boshqaruviga amalda ma’sul bo’lishigacha bo’lishi mumkin.

Tashkilotlarda LBO strukturalarining bir necha turlari mavjud va ular bir-biridan tashkilot doirasidagi loyihalarga bo’lgan ta’sirlari va nazorat qilish darajalariga qarab farqlanadilar. Ular quyidagilar:

  • Ko’maklashuvchi. Ko’maklashuvhi LBOlari andozalar, eng yaxshi tajribalar, trening, turli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlari, boshqa loyihalardan olingan saboqlar bilan ta’minlagan holda loyihalar uchun konsultativ ro’l taqdim etadi.
  • Nazoratetuvchi. Nazorat etuvchi LBOlar ko’maklashuchi vazifani o’taydilar va turli vositalar yordamida talablarga muvofiqlashtiruvni amalga oshiradilar. Muvofiqlashtiruv loyiha boshqaruv tuzilmalarini yoki metodologiyalarini, maxsus andozalarni qo’llashni, namunalarni va vositalarni yoki mos keluvchi boshqaruvlarning adaptatsiyasini o’z ichiga olishi mumkin.
  • Boshqaruvchi. Boshqaruvchi LBOlari loyihalarni to’g’ridan-to’gri boshqaruvi orqali loyihalar ustidan nazorat o’rnatadilar. Bunda LBO tomonidan taqdim qilanayotgan nazorat darajasi yuqoridir.

LBO korporativ stretegik loyihalardan keladigan ma’lumotlarni va axborotlarni integratsiya qiladi va yuqoriroq darajadagi strategik maqsadlarning qanday amalga oshirilishiga baho beradi. LBO tashkilotning portfellari, programmalari, loyihalari va koprporativ o’lchov tizimlari (masalan, muvozanatlashgan ko’rsatkichlar tizimi) o’rtasidagi tabiiy bo’glovchi bo’gin vazifasini o’taydi.

LBO tomonidan ko’maklashilayotgan va boshqarilayotgan ayrim loyihalar o’rtasida ularni birga boshqaruvdan boshqa o’zaro umumlashtiruvchi bo’gliqliklari bo’lmasligi mumkin. LBOning muayyan ko’rinishi, funktsiyasi yoki strukturasi u yordamlashayotgan tashkilotning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

LBO biznes maqsadlarga muvofiqlikni ta’minlash maqsadida ajralmas manfaatdor tomon bo’lib ishlarni yuritishi va har bir loyiha hayoti davomida asosiy qaror qabul qiluvchi vakolatlariga ega bo’lishi mumkin, shuningdek, tavsiyalar berish, loyihalarni to’xtatish yoki boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish vakolatlariga ham ega bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, LBO umumiy va ajratilgan loyiha resurslarini tanlash, boshqarish va taqsimlash ishlariga jalb etilishi ham mumkin.

LBOning birinchi darajali vazifasi – bu loyiha rahbarlariga turli yo’llar bilan ko’maklashishdir. Ularga quyidagilar kiradi, lekin bular bilan chegaralanib qolmaydi:

  • LBO tomonidan nazorat qilinayotgan barcha loyihalarga oid umumiy resurslarni boshqarish;
  • Loyiha boshqaruv metodologiyasi, eng yaxshi tajribalar va standartlarni aniqlash va ishlab chiqish;
  • Murabbiylik qilish, yo’l ko’rsatish, trening taqdim qilish va kuzatib turish;
  • Loyihalarni audit qilib turish orqali loyiha boshqaruv standartlari, nizomlari, protseduralari va andozlarning muvofiqligini monitor qilish;
  • Loyiha nizomlari, protseduralari, andozalari va boshqa umumiy hujjaltlar(tashkiliy protsess aktivlari)ni ishlab chiqish va boshqarish; va
  • Loyihalar o’rtasida kommunikatsiyani koordinatsiya qilish.

Loyiha rahnarlari va LBOlari turli talablar asosida turli maqsadlarni ko’zlaydilar. Ushbu barcha sa’y-harakatlar tashkilotning startegik ehtiyojlari bilan mos keladilar. Loyiha rahbari va LBO ro’llaridagi farqlar quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:

  • Loyiha rahbari belgilangan loyiha maqsadlariga diqqatini qaratadi. LBO esa yanada yaxshiroq biznes maqsadlarga yetishish uchun zarur potentsial imkoniyatlarini o’zida jamlagan asosiy programmaga oid tarkibiy o’zgarishlarini boshqaradi.
  • Loyiha rahbari loyiha maqsadlarini yanada yaxshiroq amalga oshirish uchun tayinlangan loyiha resurslarini nazorat qiladi. LBO esa umumiy tashkiliy resurslarning barcha loyihalar doirasida foydalanishini optimallashtiradi.
  • Loyiha rahbari yakka tartibdagi loyihalarga oid checklovlar(tarkib, jadval, narx, sifat va boshqalar)ni boshqaradi. LBO esa korxona darajasidagi metodologiyalar, standartlar va barcha xafvlar/imkoniyatlar, metrikalar va loyihalar o’rtasidagi o’zaro boq’liqliklarni boshqaradi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan