Loyiha boshqaruvi nima?

Loyiha boshqaruvi – loyiha talablarini qondirish maqsadida loyiha ishlari uchun zarur bo’lgan bilimlar, ko’nikmalar, vositalar va metodlar dasturi hisoblanadi. Loyiha boshqaruvi (Loyiha Boshqaruvi Instituti standrdlariga ko’ra) 47 ta mantiqiy quruhlangan boshqaruv protsesslarining tadbiq etilishi va integratsiyasi orqali amalga oshiriladi. O’z navbatida ushbu 47 ta boshqaruv protsesslari 5 ta bosh guruh protsesslariga jamlanadilar.  Ushbu 5 ta protsess guruhlari qyuidagilar:

  • Boshlash,
  • Rejalashtirish,
  • Bajarish,
  • Monitor va Nazorat va
  • Yopilish.

Loyiha boshqaruviga quyidagilar kiradi, ammo bular bilan cheklanib qolmaydi:

  1. Talablarni aniqlash;
  2. Loyihani rejalashitirish va bajarishda manfaatdor tomonlarning turli ehiyojlariga, qiziqishlariga va kutayotgan natijlariga e’tiborni qaratish;
  3. Faol, samarali va hamkorlikka yo’naltirilgan manfaatdor tomonlar o’rtasida kommunikatsiyani tashkil etish, qo’llab-quvvatlash va amalga oshirish;
  4. Loyiha talablari va yaratilayotgan loyiha natijalariga erishish maqsadida yo’naltirilgan manfaatdor taraflarni boshqarish;
  5. O’zaro raqobatlushuvchi loyiha cheklovlarini muvozanatlash, ularga quyidagilar kiradi, ammo bular bilan cheklanib qolmaydi:
    • Tarkib,
    • Sifat,
    • Jadval,
    • Byudjet,
    • Resurslar va
    • Xavflar

Loyihaning muayyan xususiyatlari va vaziyatlari ma’lum cheklovlarga ta’sir ko’rsatishi mumkin va loyiha boshqaruv jamoasi bularga e’tiborini qaratishi kerakdir.

Bu omillar o’rtasidagi munosabatlar shundayki, agar bulardan birorta bir omil o’zgaradigan bo’lsa,  bu eng kamida boshqa bitta omilga ta’sirini ko’rsatadi. Misol uchun, agar ish jadvali qisqatirilsa, xuddi shunday miqdordagi ishni kamroq vaqt sarflab bajarish uchun qo’shimcha resurslar kerak bo’lib, ko’pincha bu xolat byudgetni oshirish kerakligini taqozo etadi. Agar byudgetni ko’paytirishning imkoni bo’lmasa, xuddu o’sha budget miqdorida va kamroq vaqt sarflab loyihaning yakuniy natijalariga erishish uchun ish tarkibi yoki yetishish kerak bo’lgan sifat darajasining kamaytirilishi zarurligini ko’rsatadi. Loyiha manfaatdorlarining qaysi omillar eng muhimligi to’grisidagi turli hil qarashalga ega ekanliklari kattaa muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Loyiha talablarini yoki maqsadlarini o’zgartirish qo’shimcha xavf-xatarlarni keltirishi mumkin. Loyiha jamoasi  loyihani muvaffaqiyatli yetkazib berish uchun vaziyatni bahloash, talablarni muvozanatlash va manfaatdor tomonlar bilan faol kommunikatsiyani olib borish imkoniyatlariga ega bo’lishi kerak.

O’zgarishlar yuzaga kelish potentsiali borligi sababidan loyiha boshqaruv rejasini shakllantirish takrorlanuvchi faoliyat bo’lib hisoblanadi va loyihaning hayot tsikllari mobaynida progressiv ravishda puxta ishlab chiqiladi. Progressiv ravishda rivojlantirish – bu yanada aniqroq ma’lumotlar va baholashlar yuzaga kelish natijasida rejani doimiy ravishda takomillashtirish va mufassal tarzda yoritib berish tushuniladi. Progressiv ravishda rivojlantirish loyiha rivojlanib borgan sari loyiha boshqaruv jamoasiga o’ta yuqori aniqlik bilan ishlarni belgilash va boshqarish imkoniyatlarini beradi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan