Loyiha manfaatdorlari va boshqaruv

Manfaatdor tomon – bu loyihadagi biror bir qaror, faoliyat yoki natijalarga ta’sir etishi yoki aksincha ulardan o’ziga ta’sir yetishi yoki o’zida ularning ta’sirini sezishi mumkin bo’lgan shaxs, guruh yoki tashkilotdir. Manfaatdor tomonlar loyihada faol jalb etilishlari mumkin yoki ularning qiziqishlariga loyihaning yakunlanish natijasi  ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi mumkin. Turli xil manfaatdor tomonlar o’zaro raqobatlashuvchi istaklarga ega bo’lishi mumkin va bu loyiha doirasida nizolarni keltirib chiqarishi mumkin. Manfaatdor tomonlar yana strategik biznes maqsadlarga yoki boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadidagi natijalarga erishish uchun loyihaga, uning keltiradigan natijalariga va loyiha jamoasiga ta’sir o’tkazishi mumkin. Loyiha boshqaruvi – loyihaning manfaatdor tomonlarining ehtiyojlari yoki maqsadlariga muvofiqligi – manfaatdor tomonlar munosabatlarini va tashkiliy maqsadlariga erishish yo’lidagi muvaffaqiyatli boshqarish o’ta jiddiy ish hisoblanadi. Loyiha boshqaruvi tahkilotlarga loyihalarni izchil boshqarish va loyiha natijalarining foydalarini maksimallashtirish va loyihalarni biznes strategiya bilan muvofiqlashtirish imkoniyatlarini beradi. U loyiha rahbariga va homiylariga qarorlar qabul qilish imkonini beradi, buning natijasida manfaatdor tomonlar ehtiyojlarini yoki istaklarini va tashkiliy strategik maqsadalarni qondirish maqsadida yoki ularning muvofiqlashtirilmagan holatlarini hal qilish uchun tuzilmani tadbiq etadi.

Loyiha Manfaatdor Tomonlari

Manfaatdor tomonlar loyiha jamoasining barcha a’zolarini, shuningdek, tashkilotning ichki va tashqi barcha manfaatdor shaxslarini o’z ichiga oladi. Loyiha jamoasi loyiha talablari va barcha jalb etilgan taraflarning istaklarini hisobga olish maqsadida ichki va tashqi, ijobiy va salbiy, shuningdek, bajaruvchi va maslahat beruvchi manfaatdor tomonlarga ta’sir o’tkazadi. Loyiha rahbari loyiha muvaffaqiyatini ta’minlash maqsadida turli hil manfaatdorlarning loyiha talablariga nisbatan ta’sirini hisobga olgan holda boshqarishi kerak. Quyidagi rasm loyiha, loyiha jamoasi va turli manfaatdor tomonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tasvirlaydi.

Manfaatdor Tomonlar va loyiha o’rtasidagi o’zaro munosabatlar

Loyiha manfaatdorlari
Loyiha manfaatdorlari

Manfaatdor tomonlar biror bir loyihada ishtirok etayotganlarida turli hil darajalardagi ma’suliyatlar va vakolatlarga ega bo’lishlari mumkin. Bu darajalar loyihaning hayoti davomida o’zgarib turishi mumkin. Ularning ishtiroki ba’zan so’rovnomalarda yoki fokus guruhlarda ishtirok etishdan tortib toki moliyaviy, siyosiy va boshqa qo’llab-quvvatlashlarni o’zida jamlagan to’liq loyiha homiyligigacha bo’lishi mumkin. Ayrim manfaatdor tomonlar passiv yoki faol ravishda loyiha muvaffaqiyatiga to’sqinlik qilishlari mumkin. Loyiha rahbaridan ushbu manfaatdor tomonlarga loyihaning hayoti davomida diqqatini qaratishini, shuningdek, ular ko’tarib chiqishi mumkin bo’lgan muammolarni hal qilish uchun rejalashtirishni talab etadi.

Manfaatdor tomonlarni aniqlash loyihaning butun hayotiy tsikli davomidagi uzluksiz protsess bo’lib hisoblanandi. Manfaatdor tomonlarni aniqlash, ularning loyihaga ta’sir o’tkazish darajasini va talablarini tushunib yetish loyiha muvaffaqiyati uchun juda muhim omil hisoblanadi. Aks holda bu ishlarni bajarmaslik, kechikishlarga, harajatlarni ko’payishiga, kutilmagan muammolarga va loyihani bekor qilishgacha bo’lgan boshqa ko’plab salbiy oqibatalarga olib kelishi mumkin. Bir misol qilib, muhim manfaatdor tomon bo’lgan yuridik departamentni kech aniqlanishi misolida ko’rish mumkin, bu huquqiy talablar loyiha tugallanishidan yoki mahsulot kerarkli ko’lamda yetkazib berilishidan avval inobatga olinmaganligi sabab kechiskishlar, harajatlarni oshishi kabi holatlarni yuzaga chiqaradi.

Manfaatdor tomonlar loyiha maqsadlariga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatganliklari kabi, manfaatdor tomonlarning o’zlari ham loyiha sabab keladigan salbiy yoki ijobiy natijalarni topishlari mumkin. Misol uchun, bir sanoatni kengaytirish loyihasi natijasidadan foyda ko’radigan jamiyatdagi biznes rahbarlar jamiyatga qo’shimcha ishchi o’rinlarini yaratib berish, infrsatrukturani qo’llab-quvvatlash va soliqlar kabi ijobiy iqtisodiy foydalarni ko’zlaydilar. Loyihaga nisbatan ijobiy istaklalarga ega manfaatdor tomonlarning qiziqishlari loyiha muvaffqaiyatli amalga oshirishga xizmat qilib beradi. Bundan farqli o’laroq, manfaatdor tomonlar qiziqishlariga salbiy tarafdan ta’sir yetishi, uy-joy mulkdorlari yoki kichik biznes egalari o’z muklarini yo’qotishlari, ko’chib o’tishga majbur qilinishlari, yoki mahalliy muhitda yoqmaydigan o’zgarishlar bo’lishi holatlari loyhaning rivojlanishiga to’sqinlik bo’lib xizmat qiladilar. Salbiy ta’sir ko’rsatuvchi manfaatdor tomonlarning qiziqishlariga e’tibor bermaslik loyihadagi muvaffaqiyatsiziliklarga, vaqt nuqtai nazaridan cho’zilishlarga yoki boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Turli hil yoki qarama-qarshi qarashlarga ega manfaatdor tomonlarni boshqarish qiyin vazifalardan biri bo’ilb, loyiha rahbari ma’suliyatining eng muhim qismi hisoblanadi. Ushbu qiziqishlarni muvozanatlashtirish va loyiha jamoasi manfaatdor tomonlar bilan professional va hamkorlik tarzida o’zaro muloqotda bo’lishini taminlash loyiha rahbarining ma’suliyatlaridan biridir. Loyiha rahbarlari kerak bo’lsa dunyo bo’ylab tarqalgan manfaatdor tomonlarni aniqlash va boshqarish maqsadida loyiha homiysini yoki boshqa jamoa a’zolarini turli joylardan jalb qilishi mumkin.

Quyida loyiha manfaatdor tomonlarining ayrim turlari keltirilgan:

  • Homiy. Homiy deb, bu resurslar bilan ta’minlaydigan va loyihani qo’llab-quvvatlaydigan va loyihaning muvaffaqiyatiga javobgar bo’lgan shaxs yoki guruhga aytiladi. Homiy loyiha rahbarining tashkilotiga nisbatan tashqi yoki ichki bo’lishi mumkin. Homiy loyihaning dastlabki boshlanish kontseptsiyasidan tortib toki yopilshigacha rag’batlantirib turadi. Buning ichiga tashkilot bo’ylab yordamlashuvchi kuchlarni to’plash va loyiha keltiradigan foydalarni ra’g’batlantirish maqsadida yuqori lavozimlardagi rahbariyat bilan muloqot qiluvchi vakil bo’lib xizmat qilish kiradi. Homiy loyihaning dastlabki vujudga kelish protsesslaridan tortib uni rasmiy kuchga kirgunicha yetakchilik qiladi va boshlang’ich tarkib va ustavlarni ishlab chiqish jarayonlarida muhim ro’l o’ynaydi. Loyiha rahbari vakolatlaridan tashqari bo’lgan ishlarda loyiha homiysi eskalatsiya qiluvchi vakil sifatida yordam beradi. Loyiha homiysi yana tarkibga o’zgartirish kiritishlarni rasmiylaytirish, faza yakunlarini tekshirish, va xatarlar yuqori bo’lgan holatlarda ruhsat yoki ma’n qilish qarorlarini qabul qilish kabi muhim ishlarda ishtirok etishi mumkin. Homiy yana loyha tugagandan so’ng loyiha yetkazib berayotgan natijalarni talab qiluvchi tashkilot biznesiga silliq o’tishini ta’minlaydi.
  • Mijozlar va foydalanuvchilar. Mijozlar deb, loyiha mahsulotini, xizmatini yoki natijasini tasdiqlaydigan va boshqaradigan shaxslarga yoki tashkilotlarga aytiladi. Foydalanuvchilar deb, loyiha mahsulotini, xizmatini yoki natijasini ishlatadigan shaxslar yoki tashkilotlarga aytiladi. Mizojlar va foydalanuvchular loyihani amalga oshiruvchi tashkilotga ichki yoki tashqi bo’lishlari mumkin, shuningdek, bir necha darajalarda mavjud bo’lishlari mumkin. Misol uchun, yangi farmatsevtika mahsulot mijozlariga ularni buyurtma qiladigan doktorlar va uning foydlanuvchilariga uni ishlatadigan bemorlar va unga pul to’laydigan sug’urtachilar kiradi. Ayrim amaliy sohalarda mijozlar va foydalanuvchilar sinonim hisoblanadilar, boshqalarning holatida esa, mijozlar deb, loyiha mahsulotni sotib oluvchi va foydalanuvchilar deb, loyiha mahsulotidan foydalanuvchu subyektlar tushuniladi.
  • Sotuvchilar. Sotuvchilar deb, loyiha uchun zarur komponentlarni yoki xizmatlarni amalga oshirish uchun shartnoma imzolagan agentlar, yetkazib beruvchilar yoki pudratchilar kabi tashqi kompaniyalarga aytiladi.
  • Biznes hamkorlar. Biznes hamkorlar deb, korxona bilan o’ziga xos munosabatlarga ega va ayrim hollarda sertifikatsiyalash protsessi orqali sotib olinadigan tashqi tashkilotlarga aytiladi. Biznes hamkorlar ixtisoslashtirilgan tajribali yordamni taqdim etadilar yoki belgilangan maxsus vazifalarni bajaradilar, masalan, o’rnatish, foydalanuvchu talabiga binoan sozlash, treyning o’tkazish va ko’maklashish kabilar kiradilar.
  • Tashkiliy guruhlar. Tashkiliy guruhlar deb, loyiha jamoasi faoliyatlari ularga ta’sir o’tkazadigan ichki manfaatdor tomonlarga aytiladi. Loyiha ta’sir etishi mumkin bo’lgan turli hil biznes-elementlarga misol qilib marketing va savdo bo’limlari, kadrlar bo’limi, yuridik bo’lim, moliya bo’limi, kundalik operatsion ishlar, ishlab chiqarish va mijozlarga xizmat ko’rsatish kabilarni ko’rsatish mumkin. Ushbu guruhlar loyihalar amalga oshirilayotgan biznes muhitni qo’llab quvvatlaydilar va shuning uchun ham loyiha faoliyatlariga ta’sir o’tkazadilar. Natijada, umuman olganda tashkilotning turli hil biznes-elementlari va loyiha jamoasi o’rtasida muhim hamkorlik yuzaga keladi, chunki ular loyiha maqsadlariga erishish uchun birgalikda mehnat qiladilar. Ushbu guruhlar talablarni aniqlashda o’z hissalarini qo’shishlari va ishlab chiqarish yoki unga bog’liq operatsiyalarga silliq o’tishni ta’minlash uchun talab etilgan natijalarni qabul qilib olishlari mumkin.
  • Funktsional rahbarlar. Funktsional rahbarlar deb, biznesning ma’muriy va funktsional maydonlaridagi kadrlar, moliya, buxgalteriya hisoboti yoki sotib olishlar doiralarida rahbarlik rolini bajaruvhchi shaxslarga aytiladi. Ularga joriy ish faoliyatlarini amalga oshirshlari uchun o’zlariga tegishli doimiy xodimlar ajratiladi va ular o’zlarining funktsional mutaxassisliklariga oid barcha vazifalarni boshqarishlari uchun aniq ko’rsatmalarga egadirlar.
  • Boshqa manfaatdor tomonlar. Qo’shimcha manfaatdor tomonlarga xaridlar bo’yicha idoralar, moliyaviy institutlar, davlat nazorat organlari, soha bo’yicha ekspertlar, maslahatchilar, hamda loyihada moliyaviy qiziqishlari bor, loyihaga xissa qo’shuvchi, loyiha natijalarida qiziqishlari bor bo’lgan boshqa kishilar kiradilar.

Loyiha ustidan idora etish

Loyiha ustidan idora etish yoki boshqarish deb, tashkilotning boshqaruv modeli bilan mos keluvchi nazorat funktsiyasiga aytiladi va u loyihaning hayot davrini o’z ichiga qamrab oladi. Loyihani idora etish tuzilmasi loyiha rahbari va jamoasi uchun kerak bo’ladigan strukturani, protsesslarni va qaror qabul qilish modellarini va loyihani boshqaruv vositalarini taqdim qiladi va bir vaqtning o’zida loyihani muvaffaqiyatli yetkazib berish uchun qo’llab quvvatlab va nazorat etib turadi. Loyiha ustidan idora etish – har qanday loyihaning muhim elementidir, ayniqsa agar murakkab va xavf-xatarli loyihalarda muhim omildir. U keng qamrovli va izchili metodlarni ishlatgan holda loyihaning nazoratini va muvaffaqiyatini ta’minlaydi va bularni takrorlanuvchi loyiha amaliyotlarini aniqlashtirish, hujjatlashtirish va ishonchli kommunikatsiyalar orqali amalga oshiradi. Bu o’z ichiga loyiha qarorlarini qabul qilish, rollarni aniqlash, ma’suliyat doirasini belgilash, loyiha muvaffaqiyatiga javobgarliklarni aniqlash va loyiha rahbarining samaradorligini belgilash kabi ishlarni amalga oshirish uchun tuzilmani o’z ichiga oladi. Loyihani idora etish unga homiylik qilayotgan portfel, programma yoki tashkilot tomonidan belgilanadi va ularningning kengroq doiralariga mos keladi, lekin u tashkiliy idora etishdan alohida hisoblanadi.

LBO (Loyiha Boshqaruv Offisi (PMO)) ham loyihani idora etishda hal qiluvchi ro’l o’ynashi mumkin. Loyihani idora qilish – manfaatdor tomonlar, shuningdek, hujjatlashtirilgan nizomlar, protseduralar, standartlar, ma’suliyatlar doirasi va vakolatlarni o’z ichiga oladi. Loyihani idora qilishning tuzilmasi o’z ichiga quyidagi misollardagi elementlarni oladi:

  • Loyiha muvaffaqiyati va yetkazib berilayotgan natijalarni qabul qiish mezonlari;
  • Loyiha davomida yuzaga keladigan muammolarni aniqlash, eskalyatsiya qilish va hal qilish protsessi;
  • Loyiha jamoasi, tashkiliy guruhlar va tashqi manfaatdor tomonlar o’rtasidagi munosabatlar;
  • Loyiha rollarini aniqlaydigan loyiha tashkiliy diagrammasi (project organization chart);
  • Axborot kommunikatsiyasini ta’minlaydigan protsesslar va protseduralar;
  • Loyihaning qaror qilish bo’yicha protsesslari;
  • Loyihani idora etish bilan tashkiliy strategiyani bir-biriga muvofiqlashtiruvchi ko’rsatmalar;
  • Loyihaning hayotiy tsikliga yondashuv;
  • “Bosqich yakuni” (stage gate) yoki fazani baholash protsessi;
  • Loyiha rahbari vakolatlariga kirmaydigan byudget, tarkib, sifat va jadvallarga kiritiladigan o’zgarishlarni ko’rib chiqish va tasdiqlash protsesslari;
  • Ichki manfaatdor tomonlarni loyiha protsesslari bo’yicha talablarni muvofiqlashtirish protsessi.

Loyiha rahbari va loyiha jamoasi ushbu cheklovlarni, shuningdek, vaqt va budget kabi qo’shimcha checklovlarni hisobga olgan holda loyihani amalga oshirish uchun eng mos keluvchi metodlarni aniqlaydilar. Loyiha jamoasi loyihani idora etish tuzilmasida faoliyat yuritishiga qaramay, loyihani rejalashirish, bajarish, nazorat qilish va yopilish ishlariga jamoaning o’zi javobgar hisoblanadi. Loyihani idora etishga bo’lgan yondashuv qanday bo’ishi loyiha boshqaruv planida tasvirlangan bo’lishi kerak. Bunga loyihaga kimlar jalb qilinishiga tegishli bo’lgan qarorlar, eskalyatsiya protseduralari, qanday resurslar zarurligi va ishni tugallash uchun kerak bo’lgan umumiy yondashuvlar kiradi. Yana bir muhim jihat shundaki, indivudal loyihanni birdan ortiq fazalarga bo’linishi kerakmi yoki yo’qligni aniqlash. Va agar kerak bo’lgan xolda ham, yana qanday maxsus hayotiy tsikl kerak ekanligi individual tanlanishi kerak.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan