Loyiha –  noyob mahsulot, xizmat yoki natijani yaratish uchun qaratilgan vaqtinchalik korxonadir.

Loyihaning vaqtinchalik xususiyati uning aniq bir boshlanish va tugash nuqtalari borligni bildiradi.

Loyiha qachonki qo’yilgan maqsadlarga erishilgandagina yoki bekor qilingandagina tugallangan hisoblanadi. Loyihani bekor qilishlik uchun qo’yilgan maqsadlarga erishilmaganligi holatida yoki erishib bo’lmasligi aniq bo’lganda yoki loyiha kerak bo’lishi uchun boshqa zaruriyatlar qolmagan xollardagina bekor qilinadi. Loyiha yana mijoz (xaridor, homiy yoki javobgar shaxs) xohishiga ko’ra ham bekor qilinishi mumkin. “Vaqtinchalik” tushunchasi bu loyiha davomiyligi qisqa bo’lishi kerak degani emas. “Vaqtinchalik” tushunchasi yaratilayotgan loyihaning mahsulotiga, xizmatiga yoki natijasiga taluqli emasdir. Ko’pgina loyihalar barqaror va uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladilar. Misol uchun, milliy ahamiatga ega yodgorlik qurish loyihasi ko’p asrlarga yetadigan natijani yaratadi. Loyihalarning davomiyligi ijtimoiy, iqtisodiy va atrof-muhit faktorlari sabab qisqarishi mumkin.

Har bir loyiha o’ziga xos noyob mahsulot, xizmat yoki natijani yaratadi. Loyihaning samarasidan keladigan natijalar sezib bo’ladigan yoki sezib bo’lmaydigan bo’lishi mumkin. Loyihaning ba’zi natijalarida va faoliyatlarida takrorlanuvchi elementlar bo’lishiga qaramay, bu takrorlanish loyiha ishlarining fundamentallik va noyoblik xususiyatlarini o’zgartirmaydi. Misol uchun, ofis binolari bir xil yoki o’xshash materiallar va bir xil yoki turli xil ishchi jamoalari bilan qurilgan bo’lishi mumkin. Shunga qaramay, har bir qurilish loyihasining o’ziga xos joylashuvi, o’ziga xos  dizayni, o’ziga xos sharoitlari va vaziyatlari va o’ziga xos manfaatdor tomonlari kabi omillarining bo’lishi uning noyobligini saqlab turadi.

Muntazam ish harakatlari (operatsion ishlar) umuman olganda takrorlanuvchi protsess bo’lib, ular tashkilotning mavjud bo’lgan protseduraliariga rioya qiladi. Bundan farqli o’laroq, loyihalarning noyoblik xususiyati sababidan loyiha yaratayotgan mahsulotlarda, xizmatlarda va natijalarda mavhumliklar va qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Loyihaning faoliyatlari loyiha jamoasining a’zolariga yangi bo’lib, muntazam operatsion ishlarga qaraganda o’ziga xosroq bo’lgan rejalashtirishni talab etishi mumkin. Bundan tashqari, loyiha tashkilotning barcha darajalarida amalga oshiriladi. Loyiha bir necha muassasalar tomonidan bo’lgan bir yoki bir necha shaxslarni, bir yoki bir necha tashkiloatlarni o’z ichiga qamrab olishi mumkin.

Loyiha quyidagilarni yaratishi mumkin:

  • Mahsulot – biror bir element yoki tovarning komponenti, biror bir element yoki tovarning yaxshilanishi yoki yakuniy element yoki tovarning o’zidir.
  • Xizmat – Biror bir xizmat yoki xizmatni amalga oshirish salohiyatidir (masalan, ishlab chiqarish yoki taqsimlashni qo’llab-quvatlaydigan biznes funktsiyasi).
  • Takomillashtirish – Mavjud mahsulot yoki xizmat liniyalarini yaxshilash (masalan, “Olti Sigma” (Six Sigma) metodikasi bo’yicha nuqsonlarni kamaytirishga qaratilgan loyiha).
  • Natija – yakuniy natija yoki hujjatdir (masalan, tadqiqotlar bo’yicha loyiha yangi ilmlarni rivojlantirib, ular tendentsiya mavjudligni yoki jamiyatga foyda keltiradigan yangi protsesslarni aniqlaydi).

Loyihalarga quyidagilarni misol qilib keltirsa bo’ladi, lekin shular bilan chegaralangan emas:

  • Yangi mahsulot, xizmat yoki natijani rivojlantirish;
  • Tashkilotining strukturasida, protsesslarida, kadrlarida yoki uslubida o’zgarishlarni amalga oshirish;
  • Takomillashtirilgan yoki yangi axborot tizimlarini sotib olish yoki rivojlantirish;
  • Natijasi tegishli tartibda qayd etiladigan tadqiqotlar o’tkazish;
  • Binolar, sanoat zavodlari yoki inshootlarini qurish;
  • Amaldagi biznes protsesslari yoki protseduralini tadbiq etish, yaxshilash va takomillashtirish.

Loyihaning kundalik operatsion ishlardan farqlariga misollar

Bino qurilish loyihasi va kundalik mijozlarga xizmat ko’rsatish

Loyiha yoki boshqaruv
Loyiha yoki boshqaruv

To’y marosimi loyihasi va kundalik savdodagi mijozlarga xizmat ko’rsatish

Tuy loyihasi boshqaruv
Tuy loyihasi boshqaruv

Apollo loyihasi (Oyga 1-qadam) va kundalik restoranda mijozlarga xizmat ko’rsatish

Oyga birinchi qadam
Oyga birinchi qadam

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan