Loyiha Rahbarining Roli

Loyiha rahbari deb, bajaruvchi tashkilot tomonodian loyiha maqsadlariga erishish uchun javobgar bo’lgan jamoani boshqarish uchun tayinlangan shaxsga aytiladi. Loyiha rahbarining roli funktsional rahbar yoki operatsion ishlar rahbaridan farq qiladi. Odatda funktsional rahbar funktsional yoki biznes bo’limlarning ustidan nazorat qilishga qaratilgandir va operatsion ishlar rahbari biznesga taluqli operatsion ishlarni samarali bo’lishini ta’minlashga mas’uldirlar.

Tashkilotning strtukurasiga qarab, loyiha rahbari funktsional rahbarga hisobot berishi mumkin. Boshqa hollarda esa loyiha rahbari boshqa rahbarlar bilan birgalikda korxonaning keng qamrovli loyiahalariga bosh mas’ul bo’lgan program va portfolio rahbariga hisobot yetkazuvchilar bo’lishi mumkin. Strukturaning ushbu ko’rinishida loyiha rahbari loyiha maqsadlariga erishish uchun va loyiha boshqaruv rejasi umumiy programma rejasiga muvofiqligini ta’minlash uchun programma yoki portfel rahbari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Bundan tashqari loyiha rahbari yana biznes analitik, sifatga jabobgar rahbar va soha eksperti kabi boshqa rollar bilan ham yaqindan ishlaydi va hamkorlik qiladi.

Loyiha rahbari
Loyiha rahbari

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan