Loyiha Vaqt Boshqaruvi

Loyiha Vaqt Boshqaruvi loyihani o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan protsesslarni o’z ichiga oladi.

Quyida asosiy Loyiha Vaqt Boshqaruvi protsesslari keltirilgan:

  • Jadval Boshqaruvini Rejalashtirish – Loyiha jadvalini rejalashtirish, ishlab chiqish, boshqarish, bajarish va nazorat qilish uchun kerarkli nizomlar, protseduralar va hujjatlarni belgilab beruvchi protsessidir.
  • Faoliyatlarni Aniqlash  – Loyiha yetkazib berayotgan natijalarni amalga oshirish uchun qaratilgan muayyan harakatlarni aniqlash va hujjatlashtirish protsessidir.
  • Faoliyatlar Ketma-Ketligini Aniqlash – Loyiha faoliyatlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni aniqlash va hujjatlashtirish protsessidir.
  • Faoliyat Resurslarini Baholash – Har bir faoliyatni bajarish uchun zarur bo’ladigan materiallar, odam resurslari, uskunalar va qo’shimcha materiallar turlarini va sonlarini baholash protsessidir.
  • Faoliyat Muddatlarini Baholash – Baholashdan o’tgan resurslarni hisobga olgan holda individual faoliyatlarni bajarish uchun kerak bo’ladigan bir necha ish muddatlarini baholash protsessidir.
  • Jadvalni Ishlab Chiqish – Loyiha jadval modelini yaratish maqsadida faoliyat ketma-ketligni, muddatini, resurs talablarini va jadval bo’yicha checklovlarni analiz qilish protsessidir.
  • Jadvalni Nazorat Qilish – Rejaga muvofiqlikni ta’minlash maqsadida loyiha progressini ta’minlashga va jadval bazoviy rejasiga kiritiladigan o’zgarishlarni boshqarishga qaratilgan loyiha faoliyatlarinining holatlarini monitor qilish protsessidir.

Ushbu protsesslar bir-birlari bilan va boshqa Bilim Sohalariga oid protsesslar bilan o’zaro munosabatlarga egadirlar.

Jadval modeli – loyiha faoloyiatlarining muddatini, o’zaro bog’liqliklarini va jadvalni rejalashtirishda va jadval artifaktlarini ishlab chiqishda kerak bo’ladigan boshqa ma’lumotlarini hisobga olgan holda, loyiha faoliyatlarini bajarish uchun zarur bo’lgan rejaning ko’rinishidir. Ko’proq muayyan ma’lumotlar uchun “Jadval Ishlab Chiqishning Amaliy Standarti” (Practice Standard for Scheduling) qo’llanmasiga murojaat qiling.

Ayrim loyihalarda, ayniqsa kichikroq tarkibga ega loyihalarda, faoliyatlarni aniqlash, faoliyatlar ketma-ketligini aniqlash, faoliyat resurslarini baholash, faoliyat muddatlarini baholash va jadval modelini ishlab chiqish protsesslari bir-birlari bilan shunday mustahkam bog’lanishga egadirlarki, hatto ularni bir kishi tomonidan qisqa davr mobaynida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan yaxlit bir protsess sifatida ko’rish mumkin. Bu yerda bu protsesslar alohida elementlar sifatida ko’rsatilgan, chunki har bir protsessning vositalari va metodlari bir-biridan farq qiladi.

Loyiha Vaqt Boshqaruvi protsesslari va ularga tegishli vositalar va metodlar jadval boshqaruv rejasida hujjatlashtiriladilar. Jadval boshqaruv rejasi ko’maklashuvchi reja bo’lib, u Loyiha Boshqaruv Rejasini Ishlab Chiqish protsessi orqali loyiha boshqaruv rejasiga integratsiya qilinadi. Jadval boshqaruv rejasi jadval ishlab chiqish metodlari va vositalarini aniqlaydi, shuningdek, loyiha jadvalini ishlab chiqish va nazorat qilish uchun zarur format va kriteriyalarni belgilaydi. Jadval modelini yaratish maqsadida belgilangan jadval ishlab chiqish metodi jadval ishlab chiqish vositalarida ishlatiladigan tuzilma va algoritmlarni belgilaydi. Ba’zi tanilgan jadval ishlab chiqish metodlariga Kritik Yo’l Metodi (critical path method, CPM) va Kritik Zanjir Metod(critical chain method, CCM)lar kiradilar.

Jadval modelini yaratish maqsadida loyiha jadvalini ishlab chiqish faoliyatlarni aniqlash, faoliyatlar ketma-ketligini aniqlash, faoliyat resurslarini baholash, faoliyat muddatlarini baholash prtosesslarining chiqishlaridan foydalanadi. Tugatilgan va tasdiqlangan jadval bazoviy reja bo’lib, Jadvalni Nazorat Qilish protsessida ishlatiladi. Loyiha faoliyatlarini amalga oshirilishi davomida, loyiha ishlari o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida Loyiha Vaqt Boshqaruvining Bilim Sohasiga oid ishlarning asosiy qismi Jadvalni Nazorat Qilish protsessida amalga oshiriladi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan