Loyihaning hayotiy tsikli deb, loyihaning boshlanishidan tortib toki uni yopilishiga qadar sodir bo’ladigan bir guruh fazalar to’plamiga aytiladi. Odatda fazalar ketma-ketlik tartibida bo’ladilar va ularning nomlari, raqamlari loyihada jalb etilgan tashkilot yoki tashkilotlarning boshqaruv va nazorat ehtiyojalariga qarab, loyihaning o’zining tabiatiga yoki uning amaliy sohasiga qarab aniqlanadilar. Loyihani fazalarga funktsional yoki maqsadlari bo’yicha, oraliq yoki yetkazib berilayotgan natijalar bo’yicha, muayyan nazorat nuqtalari (to’liq ish tarkibi va moliyaning mavjudligi doiralari) bo’yicha fazalarga bo’lish mumkin. Odatda fazalar vaqt bilan chegaralangan bo’lib, o’zining boshlash va tugatish yoki nazorat qilish nuqtalariga egadirlar. Hayotiy tsikl ma’lum bir metodologiya bo’yicha hujjatlashtirilgan bo’lishi mumkin. Loyiha hayotiy tsikli tashkilot, sanoat yoki qo’llanilgan tehnologiyalarning noyob aspektlariga ko’ra aniqlanadi yoki shakllantiriladi. Har bir loyiha aniq bir boshlash va tugatish nuqtalariga ega bo’lishiga qaramay, muayyan yetkazib berilayotgan natijalar va bu intervalda sodir bo’layotgan faoliyatlar har bir loyiha doirasida bir-biridan katta farq qiladi. Hayotiy tsikl jalb etilgan muayyan ishlardan qat’iy nazar loyihani boshqarish uchun zarur bo’lgan asosiy tuzilmani taqdim etadi.

Loyiha hayotiy tsikllari muntazamlik bo’yicha bir tarafdan predektiv yoki reja bo’yicha boshqaruv yondashuviga va boshqa tarafdan adaptiv yoki o’zgarishlar bo’yicha boshqaruv yondashuvlariga tasniflanishi mumkin. Prediktiv hayotiy tsiklda, maxsulot yoki yetkazib berililishi kutilayotgan natijalar loyihaning avvalida aniqlanib olinadi va ish tarkibiga nisbatan bo’ladigan har qanday o’zgarishlar ehtiyotkorlik bilan boshqariladi. Adaptiv hayotiy tisklda esa, mahsulot bir necha takrorlanishlar (iteratsiyalar) davomida ishlab chiqiladi va batafsil ish tarkibi har bir iteratsiya uchun faqatgina o’sha iteratsiya jarayoni boshlangandan so’nggina aniqlanadi.

Loyihaning Hayotiy Tsikl Xususiyatlari

Loyihalar o’lcham va murakkablik jihatlari bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Barcha loyihalarga quyidagi rasmda keltirilgan umumiy hayotiy tsikl strukturasini qo’llash mumkin:

  • Loyihani boshlash,
  • Tashkil etish va tayyorlash,
  • Loyiha ishlarini amalga oshirish, va
  • Loyihani yopish

Odatda umumiy hayot tsikliga yuqori turuvchi rahbariyat yoki boshqa shaxslar bilan kommunkiatsiya qilish jarayonlarida murojaat qilinadi. Buni aslo Loyiha Boshqaruv Protsess Guruhlari bilan chalkashtirmaslik lozim, chunki, Protsess Guruhlariga tegishli protsesslar loyihaning har bir fazasida amalga oshirilishi yoki qaytarilishi mumkin, shuningdek, yaxlit bir loyihaning o’ziga ham xarakterli bo’lishi mumkin. Loyiha hayotiy tsikli loyiha tomonidan yaratilayotgan yoki o’zgartirilayotgan mahsulotning hayot tsikliga bog’liq emasdir. Ammo, loyiha mahsulotga tegishli amaldagi fazaning hayot tsikli hisobga olishi kerak. Ushbu yuqori darajadagi ko’rinish loyihalar o’z tabiatiga ko’ra turli xil bo’lishlariga qaramay, loyihalarni taqqoslash uchun kerak bo’ladigan umumiy tavsiyalarini taqdim etadi.

Umumlashtirilgan Loyiha Hayotiy Tsikli strukturasi bo’ylab tipik narx va kadrlar bilan ta’minlash darajasining ko’rinishi

Loyiha Hayotiy Tsikli
Loyiha Hayotiy Tsikli

Umumiy hayotiy tsiklining strukturasi odatda quyidagi xususiyatlarni namoyon qiladi:

  • Loyiha boshida narh va xodimlar bilan ta’minlanish past darajada bo’ladi, amalga oshirish jarayonida eng yuqori dajaga chiqadi va tugashiga yaqin qolganda tez suratlarda pasayadi. Yuqoridagi rasm ushbu holatni tasvirlaydi.
  • Yuqorida keltirilgan tipik narhlar va xodimlar tegishli egri chiziq ko’rinishi hamma loyihalarga ham tadbiq qilib bo’lmaydi. Masalan, loyiha o’z hayotiy tsiklining avvalida talab etilgan resurslarni kafolatlash maqsadida sezilarli harajatlarni yoki o’zining hayot tsiklining eng avvalgi nuqtasidayoq kerakli resursurslar bilan to’liq ta’minlanishini talab etishi mumkin.
  • Xavf va noaniqliklar loyiha avvalida eng yuqori darajada bo’ladilar. Ushbu omillar loyiha hayoti davomida qarorlar qabul qilinishi va yetkazib berilayotgan natijalar maqbul bo’lishi sabab asta-sekin kamayib boradilar.
  • Loyiha mahsulotining yakuniy xususiyatlariga narhga sezilarli o’zgartirmasdan turib ta’sir etish qobiliyati loyiha boshida eng yuqori darajada bo’ladi va loyiha tugallanish tomon yaqinlashgani sar kamayib boradi.

Bu xususiyatlar loyihaning deyarli barcha tsikllari davomida har xil ko’rinishlarda mavjud bo’lishiga qaramay, ular har doim ham bir hil darajada mavjud bo’lmaydilar. Xususan, adaptiv hayot tsikllari predikti hayot tsikllariga nisbatan qaraganda, manfaatdor tomonlarning ta’sirini yuqori darajada saqlab qolish va loyiha hayoti davomida narx o’zgarishlarini kamaytirish maqsadlarida ishlab chiqiladilar.

Umumiy hayot tsikli strukturasi doirasida loyiha rahbari loyiha tarkibi to’liq aniqlab olinguniga qadar, yetkazib beriladigan natijalarni samarali nazorat qilish va ularni yakunlash uchun kerak bo’ladigan etiyojlarni aniqlashi mumkin. Xususan, katta va murakkab loyihalar shu kabi qo’shimcha nazorat darajalarini talab etishi mumkin. Bunday holatlarda, loyiha maqsadlariga erishish uchun yo’naltirilgan ishlarni rasmiy ravishda fazalarga bo’lish foyda keltiradi.

Prediktiv Hayotiy Tsikllar

Prediktiv hayotiy tsikllar (reja asosoida to’liq boshqariladigan deb ham nomlanuvchi) loyihaning hayotiy tsikllarining bir turi bo’lib, unda loyihaning tarkibi, hamda ushbu tarkibni bajarish uchun kerak bo’ladigan muddatlar va narhlar iloji boricha hayotiy tsiklining eng avvalgi bosqichida aniqlanadi. Quyidagai rasmda korsatilganidek, ushbu loyihalar ketma-ket yoki bir-birini qoplaydigan fazalar orqali amalga oshiriladilar, shunga muvofiq ravishda, umuman olganda har bir faza loyiha faoliyatlari va loyiha boshqaruviga taluqli kichik guruhlarga e’tiborini qaratadi. Odatga ko’ra har bir fazada amalga oshiriladigan ishlar tabiati bo’yicha o’zidan oldin yoki keyin keladigan fazalardan farq qiladi, shuning uchun, loyiha jamoasidan har bir faza uchun xos bilimlar va ko’nikmalar talab etiladi.

Prediktiv Hayotiy Tsikliga misol

Prediktiv Hayotiy Tsikli
Prediktiv Hayotiy Tsikli

Loyihani boshlanish davrida, loyiha jamoasi umumiy loyiha va mahsulot tarkibini aniqlashga, ushbu mahsulotni (va har qanday unga bog’liq bo’lgan yetkazib beriladigan natijalarni) yetkazib berish rejasini ishlab chiqishga, va so’ngra o’sha tarkib doirasidagi rejani fazalar davomida bajarishga diqqat-e’tiborini qaratadi. Loyiha tarkibiga kiritilayotgan o’zgarishlar ehtiyotkorlik bilan boshqarilb, qaytra rejalashtirish va yangi tarkibni rasman tasdiqlashlarni talab etadi.

Qachonki yetkazib berilmoqchi bo’lgan mahsulot juda ham yaxshi tushunilgan, sanoatning yetarli amaliyot bazasiga ega bo’lingan yoki yetkazib berilayotgan mahsulot manfaatdor tomonlar uchun to’liq ahamiyat kasb etgan xollarda umuman olganda prediktiv hayot tsikllaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Hatto prediktiv hayot tsikllariga ega loyihalar ham to’planuvchi to’lqinli rejalashtirish (rolling wave planning) kontseptsiatini ishlatishi mumkin, bunda avval umumiy reja tuzib olinadi va qo’shimcha ravishda mos davrlar uchun yangi ish faoliyatlari va resurslar aniqlanib borish bilan batafsil rejalashtirish amalga oshirilinadi.

Iterativ va Inkremental Hayot Tsikllari

Iterativ va inkremental hayot tsikllari deb, loyiha jamoasininig mahsulot haqidagi bilimi ortib borgan sari maqsadli ravishda bir va undan ortiq loyiha fazalari (iteratsiyalari) takrorlanadigan hayot tsikllariga aytiladi. Iteratsiyalar mahsulotni birin-ketin takrorlanuvchi tsikllar davomida rivojlantirib boradi va xuddi shu vaqtda inkrementlar mahsulotga birin-ketin funktsionallar qo’shib boradilar. Ushbu hayot tsikllari mahsulotni iterativ va inkremental (o’sib boruvchi) ko’rinishda rivojlantirilib boriladilar.

Iterativ va inkremental loyihalar fazalar bo’yicha davom etishi mumkin va bu iteratsiyalarning o’zlari ketma-ketlik yoki bir-birini qoplash ko’rinishlarida amalga oshiriladilar. Iteratsiya davomida Loyiha Boshqaruv Protsess Guruhlariga tegishli faoliyatlarning barchasi amalga oshiriladilar. Har bir iteratsiyaning yakunida yaratilayotgan natija yoki natijalar yig’indisi tugallanadi. Keyingi bo’ladigan iteratsiyalar ushbu natijalarni yaxshilashi yoki yangilarini yaratishi mumkin. Har bir iteratsiya fazasining chiqish kriteriyalari qoplanmagunga qadar yaratilayotgan natijalarni inkremental ravishda yaritishda davom etadi.

Ko’pgina iterativ hayot tsikllarida to’liq loyiha uchun umimiy ko’rinish yaratib olinadi, ammo tarkib har bir iteratsiya davomida batafsil ravishda aniqlanadi. Ko’pincha joriy iteratsiyaning tarkibi va natijalarni yetkazib berish ishlari davom etayotgan bir payta keying iteratsiyani rejalashtirish amalga oshiriladi. Natijalar to’plamini yetkazib berish uchun qaratilgan ish davomiyligi va urinishlarga qarab farqlanadi, va loyiha jamoasi bularni iteratsiyalar orasida yoki davomida o’zgartirishi mumkin. Ushbu yetkazib berilayotgan natijalar joriy iteratsiyaga tegishli tarkib bilan aniqlanmaydilar, balki odatda umumiy yuqori darajagi tarkibida aniqlanadilar va kelajakda keladigan biror-bir xos iteratsiyalarga kiritilgan bo’ladilar. Iteratsiya tarkibiga bo’ladigan o’zgarishlar ishlar boshlanib ketgandan so’ng o’ta ehtiytkorlik bilan boshqariladi.

Umuman olganda iterativ va inkremental hayot tsikllari tashkilotga maqsadlar va tarkibga bo’lgan o’zgarishlarni boshqarish, loyiha murakkabligini kamaytirish, yoki mahsulotning qisman yetkazib berilishi foydali bo’lganda va yakuniy natija yoki natiajalarga bir va undan ortiq manfaatdor tomonlarning guruhlariga ahamiyatli bo’lishi kabi foydalarni ko’zlagan xollardagina afzal hisoblanadi.  Katta va murakkab loyihalar ko’pincha iterativ ko’rinishda amalga oshiradilar, bu ishlar jamoa iteratsiyalar oralig’ida to’plagan fikr-mulohazalar va saboqlarni o’rganib, xatarlarni kamayitirish maqsadida amalga oshiriladilar.

Adaptiv Hayot Tsikllari

Adaptiv hayot tsikllari (shuningdek, o’zgarishlar boshqaruvi yoki moslashuvchan (agile) sifatida ham tanilgan metodlar) deb, umumiy yuqori darajalardagi o’zgarishlarga javob qilish va manfaatdor tomonlarni davomli tarzda jalb etishga qaratilgan hayot tsikllariga aytiladi. Adaptiv metodlar ham iterativ va inkremetal hisoblanadilar, ammo iteratsiyalar juda tez bo’lishi (odatda 2 va 4 haftalar oralig’ida), hamda vaqt va narh bilan cheklanganliklari bilan farq qiladilar. Umuman olganda adaptiv proektlar har bir iteratsyia doirasida bir necha protsesslarni amalga oshiradilar, garchi avvalgi iteratsiyalar ko’proq faoliyatlarni rejalashtirishga e’tiborni qaratgan bo’lsalar ham.

Loyihaning umumiy tarkibi bir necha talablar va bajarish kerak bo’lgan ishlar to’plamiga bo’linib, ba’zan mahsulot beklogi (talablar jurnali) deb ham ataladi. Iteratsiyaning boshlanish arafasida jamoa beklog ro’yhatini keyingi iteratsiyada yetkazib berish mumkin bo’lgan eng yuqori ustuvorga ega punktlar qanchaligini aniqlash ishlarini amalga oshiradi. Har bir iteratsiyaning yakunida mahsulot mijoz tomonidan ko’rib chiqishi uchun tayyor bo’lishi kerak. Bu degani mijoz yetkazib berilayotgan natijani rasman tasdqiqlashi kerak degani emas, balki mahsulot tugallanmagan, chala yoki ishlatishga yaroqsiz xususiyatlarni o’z ichiga olmasligi kerakligini anglatadi. Yetkazib berilayotgan natijalar yaratilish davomida ularga nisbatan o’z fikr-mulohazalarini bildirish va mahsulot beklogi ularning amaldagi ehtiyojlarini qondirishini ta’minlash maqsadlarida homiy va mijozlarninng vakillarini loyihada usluksiz ishtiroklarini ta’minlanishi kerak.

Adaptiv metodlardan umuman olganda qachonki talablarni va tarkibni oldindan aniqlab olish qiyin bo’lganda tez o’zgaruvchan muhit bilan kurashish va manfaatdor tomonlarga foyda beradigan kichik inkremental yaxshilanishlarni aniqlash imkoni bo’lgan holatlari uchun qo’llash tavsiya etiladi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan