Loyiha Manfaatdor Tomonlar Boshqaruvi

Loyiha Manfaatdor Tomonlar Boshqaruvi loyihaga ta’sir ko’rsatishi yoki loyiha natijasida o’ziga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan odamlar, guruhlar yoki tashkilotlarni aniqlash, manfaatdor tomonlarning kutgan natijalari va ularning loyihaga ta’sirini analiz qilish, va loyiha qarorlarini qabul qilishda va amalga oshirishda manfaatdor tomonlarni samarali jalb qilish orqali tegishli boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish protsesslarini o’z ichiga oladi. Shuningdek, manfaatdor tomonlar boshqaruvi manfaatdor tomonlarning ehtiyojlari va kutgan natijalarini tushinish maqsadida ular bilan doimiy kommunikatsiya qilishga, muammolar sodir bo’lganda ularga nisbatan javob choralari ko’rishga, ziddiyatlar to’qnashuvini boshqarishga va loyiha qarorlarida va faoliyatlarida tegishli manfaatdor tomonlarning rag’batlantirishga bor diqqat e’tiborini qaradi. Manfaatdor tomonlarning loyihadan qanoat hosil qildirish –  loyihaning asosiy maqsadi sifatida boshqarilishi kerak.

Quyida asosiy Loyiha Manfaatdor Tomonlar Boshqaruvi protsesslari keltirilgan:

  • Manfaatdor Tomonlarni Aniqlash – Loyiha qarori, faoliyati yoki natijasiga ta’sir ko’rsatishi yoki aksincha ularning natijasi o’ziga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan odamlar, guruhlar yoki tashkilotlarni aniqlash va ularning manfaatlari, jalb etilishlari, o’zaro bog’liqliklari, ta’sirlari va loyiha muvaffaqiyatiga potentsial ta’sir ko’rsatishiga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni analiz qilish va hujjatlashtirish protsessidir.
  • Manfaatdor Tomonlar Boshqaruvini Rejalashtirish – Manfaatdor tomonlarining ehtiyojlari, manfaatlari va loyiha muvaffaqiyatiga potentsial ta’sirlarini analiziga asoslangan holda loyihaning hayotiy tsikli davomida manfaatdor tomonlarni samarali jalb etish maqsadida tegishli boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish protsessidir.
  • Manfaatdor Tomonlar Jalb Etilishini Boshqarish –Manfaatdor tomonlarning ehtiyojlari/kutgan natijalariga erishish maqsadida ular bilan komminikatsiya qilish va birga ishlash, muammolar sodir bo’lganda ularga nisbatan javob choralari ko’rish va loyihaning hayotiy tsikli davomida tegishli manfaatdor tomonlarni rag’batlantirish protsessidir.
  • Manfaatdor Tomonlar Jalb Etilishini Nazorat Qilish – Manfaatdor tomonlarni doimiy jalb etib turish maqsadida loyiha manfaatdor tomonlarining o’rtasidagi umumiy munosabatlarni monitor qilish va strategiyalar va rejalarga kerakli tuzatishlar kiritish protsesidir.

Ushbu protsesslar bir-birlari bilan va boshqa Bilim Sohalariga oid protsesslar bilan o’zaro munosabatlarga egadirlar.

Har bir loyiha loyihaga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi va aksincha loyiha ularga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan manfaatdor tomonlarga egadir. Ba’zi manfaatdor tomonlar loyihaga cheklangan tarzda tas’ir etish imknoyatlariga ega bo’lsalar, boshqalar esa loyiha va uning kutilayotgan natijalariga sezilarli ta’sir o’tkaza oladilar. Loyiha rahbari tegishli tarzda ushbu manfaatdor tomonlarni to’g’ri aniqlashi va boshqarishi kerak, chunki bu loyihanining muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligini belgilashi mumkin.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan