Umuman olganda, loyiha rahbari ish ehtiyojlari, jamoa ehtiyojlari va shaxsiy ehtiyojlar kabi ehtiyojlarni qondirish ma’suliyatlariga egadir. Loyiha boshqaruvi muhim strategik tartib bo’lib, loyiha rahbari strategiya va jamoa o’rtasiada muhim bog’lovchi bo’ginga aylanadi. Loyihalar tashkilotlarning o’sishi va omonlikda kun ko’rishi uchun juda muhimdir. Loyihalar yaxshilangan biznes protsesslar ko’rinishida foydalar yaratib, yangi mahsulot va xizmatlar ishlab chiqishning zaruriy qismi hisoblanadi va kompaniyalarga o’rab turgan muhit, raqobat va bozor sharoitlarida bo’ladigan o’zgarishlarga nisbatan javoblar qaytarishni osonlashtiradi. Shuning uchun, loyiha rahbarining roli yanada strategik ahamiyatga ega rolga aylanadi. Shunga qaramay, yaxshi amaliyot sifatida tanilgan bilimlarni, vositalarni va metodlarni tushunb yetish va ularni qo’llash samarali loyiha boshqaruviga yetarli hisoblanilmaydi. Loyiha uchun maxsus soha ko’nikmalari va umumiy boshqaruv usullar bilan bir qatorda, samarali loyiha boshqaruvi loyiha rahbaria quyidagi kompetentsiyalar bo’lishini talab qiladi:

  • Bilim – bunga loyiha rahbarining loyiha boshqaruviga taluqli bilishi kerak bo’lgan narsalar kiradi.

    bilim
    bilim
  • Bajarish – bunga loyiha rahbari loyiha boshqaruv bilimlarini qo’llagan holda loyiha ishlarini bajara olishi yoki oxiriga yetkaza olishi kabilar kiradi.

    Bajarish
    Bajarish
  • Shaxsiy – bunga loyiha rahbarining loyiha yoki unga taaluqli faoliyatlarni amalga oshirish davomida o’zini tutishi kiradi. Shaxsiy samaradorlik munosabatlar, asosiy shaxsiy xususiyatlar va yetakchilik kabilarni o’z ichiga olib, ular loyiha maqsadlariga erishish va loyiha cheklovlarini muvozanatlash davomida loyiha jamoasiga yo’l ko’rsatadilar.

    Shaxsiy
    Shaxsiy

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan