Monitor va Nazorat Protsess Guruhi

Monitor va Nazorat Protsess Guruhi kuzatish, tahlil qilish, loyiha rivojlanishi va unumdorligini koordinatsiya qilish, rejaga o’zgartirishlar kiritishni talab etadigan sohalarni aniqlash va shunga mos o’zgarishlarni boshlash kabilarni o’z ichiga olgan protsesslardan tashkil topgandir. Ushbu Protsess Guruhinig asosasiy foydalari shundan iboratki, bularga muntazam ravishda loyiha unumdorligini o’lchash va tahlil qilish, loyiha boshqaruv rejasidan og’ishlarni aniqlash uchun zarur tegishli hodisalar yoki alohida holatlarni tahlil qilish kabilar kiradi. Shuningdek, Monitor va Nazorat Protsess Guruhi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • O’zgarishlarni nazorat qilish va tuzatuvchi tavsiyalarni yoki yuzaga kelish ehtimoli bor muammolarni oldini olish uchun zarur ogohlantiruvchi tavsiyalarni taklif qilish,
  • Amaldagi loyiha faoliyatlarini loyiha boshqaruv rejasiga va loyihani bajarish bazoviy rejasiga qanchalik muvofiqligini monitor qilish,
  • Faqatgina tasdiqlangan o’zgarishlar bajarilishini ta’minlash maqsadida integratsiyalangan o’zgarishlar nazoratini yoki konfiguratsiya (hujjatlarga o’zgartirish kiritish) boshqaruvini chetlab o’tishi mumkin bo’lgan omillarga ta’sir o’tkazish,

Ushbu davomiy monitoring loyiha jamoasiga loyihaning umumiy holatini chuqurroq tushunib yetish va qaysi sohalarga ko’proq diqqatni qaratish lozimligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Monitor va Nazorat Protsess Guruhi faqatgina Protsess Guruh doirasidagi ishlarni monitor va nazorat qilibgina qolmay, balki butun loyiha ishlarini monitor va nazorat qiladi. Ko’p fazali loyihalarda Monitor va Nazorat Protsess Guruhi loyiha fazalarini koordinatsiya qiladi, bunda u loyiha boshqaruv rejasiga muvofiqlikni ta’minlash maqsadida tuzatuvchi harakatlarni va ogohlantiruvchi harakatlarni amlaga oshiradi. Bunday tahlil natijasida loyiha boshqaruv rejasiga tavsiya qilingan va tasdiqlangan yangilanishlar kiritilishi mumkin. Misol uchun, bir faoliyatning yakunlash sanasi o’tkazib yuborilsa, bu byudget va jadval masqasadlariga o’zgartirishlar kiritishni talab etishi yoki ular o’rtasida o’zaro murosaga kelishni talab etishi mumkin. Nazorat bilan bog’liq harajatlarni kamaytirish maqsadida istisno bo’yicha boshqaruv prorseduralari va boshqa metodlar qo’llanilishi mumkin.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan