Loyiha Narx Boshqaruvi

Loyiha Narx Boshqaruvi loyihani tasdiqlangan byudget doirasida amalga oshishini ta’minlash maqsadida narxlarni rejalashtirish, baholash, byudgetlashtirish, moliyalarni jalb qilish, moliyalashtirish, boshqarish va nazorat qilish protsesslarini o’z ichiga oladi.

Quyida asosiy Loyiha Vaqt Boshqaruvi protsesslari keltirilgan:

  • Narx Boshqaruvini Rejalshtirish – Loyiha narxlarini rejalashtirish, boshqarish, sarflash va nazorat qilish uchun zarur nizomlar, protseduralar va xujjatlarni belgilaydigan protsessdir
  • Narxlarni Baholash – Loyiha faoliyatlarini amalga oshirish uchun zarur bo’ladigan tahminiy pul mablag’alrini ishlab chiqish protsessidir.
  • Byudgetni Aniqlash – Vakolatga ega narx bazoviy rejasini yaratish uchun zarur individual faoliyatlarning yoki ish paketlarining baholangan narxlarini birlashtirish protsessidir.
  • Narxlarni Nazorat qilish – Loyiha narxlariga yangilanishlar kiritish va narx bazoviy rejasiga bo’ladigan o’zgarishlarni ta’minlash maqsadida loyiha holatini monitoring qilish protsessidir

Ushbu protsesslar bir-birlari bilan va boshqa Bilim Sohalariga oid protsesslar bilan o’zaro munosabatlarga egadirlar.

Ayrim loyihalarda, ayniqsa kichikroq tarkibga ega loyihalarda, narxlarni baholash va byudgetni aniqlash protsesslari bir-birlari bilan shunday mustahkam bog’lanishga egadirlarki, hatto ularni bir kishi tomonidan qisqa davr mobaynida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan yaxlit bir protsess sifatida ko’rish mumkin. Bu yerda bu protsesslar alohida elementlar sifatida ko’rsatilgan, chunki har bir protsessning vositalari va metodlari bir-biridan farq qiladi. Narxga ta’sir qilish imkoniyati loyihaning eng avvalgi bosqichlarida juda yuqori bo’lib, shu sababli tarkibni imkon qadar erta aniqlanishi muhim ahamiyatga egadir.

Loyiha Narx Boshqaruvi narxlarni boshqarishda manfaatdor tomonlar talablarini e’tiborga olishi lozim. Turli xil manfaatdor tomonlar loyiha narxlarini turli xil yo’llar bilan va turli vaqtlarda baholashi mumkin. Misol uchun, sotib olinayotgan predmetning narxi qaror qabul qilish yoki sotib olishning tasdiqlanishi mobaynida, buyurtmani berish mobaynida, predmetni yetkazib berish mobaynida va loyihaning buhglateriya ucheti uchun aniq narxni kiritish yoki hisobga olish mobaynida belgilanishi mumkin.

Loyiha Narx Boshqaruvi avvalambor loyiha faoliyatlarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan resurslarning narxlariga taaluqlidir. Bundan tashqari, Loyiha Narx Boshqaruvida mahsulot, xizmat yoki loyiha natijasini ekspluatatsiya qilish, xizmat ko’rsatish va qo’llab-quvvatlash uchun ketadigan takroriy harajatlarga taaluqli loyiha qarorlarining ta’sirlari ham hisobga olinishi kerak. Misol uchun, mahsulotga taaluqli dizaynni ko’rib chiqishlar sonini checklash bilan loyiha xarajatlarini kamayitishga erishish mumkin, ammo bu mahsulotning ekspluatatsiyasi uchun ketadigan xarajatlarning oshishiga sabab bo’lishi mumkin.

Ko’pgina tashkilotlarda, loyiha mahsulotiga tegishli kutilgan moliyaviy natijanning prognozlash va analiz qilish loyiha doirasidan tashqarida amalga oshiriladi. Qolganlarda esa, capital qurish loyihasi va Loyiha Narx Boshqaruvi bu ishlarni o’z ichiga olgan bo’ladi. Agar bunday prognozlash va analiz qilish kiritilgan bo’sa, unda Loyiha Narx Boshqaruvi qo’shimcha protsesslarga murojaat etishi va investitsiyaning qoplanish analizi (return on investment), diskontlangan pul oqimi (discounted cash flow) va investitsiyaning qoplanish davri analizi (investment payback analysis) kabi bir qancha umum-moliyaviy boshqaruv metodlarini amalga oshirish mumkin.

Tegishli protsesslarni amalga oshirish samarali va muvofiqlashtirilgan bo’lishligini ta’minlash maqsadida narx boshqaruvini rejalashtirish loyiha rejalashtirishining avvalida bajariladi va har bir narx boshqaruv protsessi uchun zarur tuzilmani belgilaydi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan