Portfel deb, strategik maqsadlarga erishish yo’lidagi loyihalar, programmalar, kichik portfellar va operatsion faoliyatlarning guruhiga aytiladi. Portfel doirasidagi loyihalar yoki programmalar bir-biriga o’zaro yoki to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lishi talab etilmaydi. Misol uchun, “kiritilgan investitsiyalar o’zini qoplashini maksimallashtirish” strategik maqsadiga ega infrasturktura firmasi neft va gaz sanoati, energetika, suv ta’minoti, avtomobil yo’llari, temiryo’l va aeroportlarga oid loyihalar aralashmasini o’zida jamlagan portfelni yaratishi mumkin. Korxona ushbu aralashmalardan bir-biriga bo’gliq loyihalarni yaxlit bir programma sifatida boshqarish yo’lini tanlashi mumkin. Energetikaga oid barcha loyihalar birgalikda energetika programmasiga jamlanishi mumkin. Xuddi shunday, suv ta’minotiga oid loyihalar birgalika suv ta’minoti programmasiga jmalanishi mumkin. Shuning sababdan, energetika programmasi va suv ta’minoti programmasi infrastruktura bilan shug’ullanuvchi korxona portfelining ajaralmas qismiga aylanadi.

Portfel boshqaruvi deb, strategik maqsadlarga erishish uchun bir yoki bir necha portfellarning markazlashgan boshqaruviga aytialadi. Portfel boshqaruvi resurslar taqsimlashdagi ustuvorliklarni aniqlash maqsadida loyihalar va programmalarni tahlil qilinishini, shuningdek, portfel boshqaruvi tashkilotning strategiyalariga uyg’unlashgan ekanligini ta’minlash uchun diqqat-e’tiborini qaratadi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan