Loyiha Boshqaruv Instituti (PMI)ning Ahoq-Odob kodeksi asosiy to’rt qadriyatlarni o’z ichiga oladi:

  • Ma’suliyatlilik
  • Hurmat ko’rsatishlik
  • Adolatlilik/Haqqoniylik
  • Halollik

Kodeks o’z ichiga ikki turdagi standartlarni oladi:

  • Talab etilgan. Bular loyiha rahbarlari ularga yetishish uchun harakat qilishlari lozim bo’lgan xulq-atvor standartlaridir. Ularni o’lchab bo’lmaydi.
  • Majburiy. Bular ko’p xollarda xulq-atvorni checklaydigan yoki taqiqlaydigan qattiq talablarni o’rnatadigan standartlardir.

Ma’suliyatlilik

Ma’suliyatlilik – bu bizning qabul qilayotgan yoki qabul qila olmayotgan qarorlarimizga, amalga oshirayotgan yoki amalga oshira olmayotgan ishlarimizga va ular sabab kelayotgan natijalarga javobgarlikni o’z zimmamizga ola bilishga qaratilgan burchimizdir.

Talab etilgan standartlar:

  • Qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish ishlari loyiha, jamoatchilik va jamiyat manfaatlarini ko’zlagan bo’lishingiz kerak.
  • Faqat o’zingizning sharoitingiz, tajribangiz, ko’nikmalaringiz va malakalringizga to’gri keladigan topshiriqlarnigina qabul qiling.
  • Majburiyatlarni to’liq bajaring.
  • Qilingan xatolar yoki kamchiliklarni tan oling.
  • Konfedentsiyallikni ta’minlang.
  • Ahloq-Odob Kodeksiga amal qiling.

Majburiy standartlar:

  • Nizom va qonunlar:
    • Odob-axloqqa zid va noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan xabar bering.
    • Tuhmat va g’iybatlarga aralshmang.
    • Boshqa kishilarni ularning noqonuniy faoliyatlaridan qaytarishga urining.
  • Odob-Ahloqqa oid shikoyatlar:
    • Kodeks buzilganligi to’g’risida xabar bering.
    • Asossiz ayblovlarni qilmang.
    • Tartib buzarlarga intizomiy choralar ko’ring.
    • Xabar qilgani uchun qasos oluvchi kishilarga nisbatan intizomiy choralar ko’ring.

Hurmat qilish

Hurmat qilish – bu bizning o’zimizga, boshqalarga va bizlarga ishonib topshirilgan resurslarga qaratilgan yuqori ehtirom ko’rsatish uchun qaratilgan burchimizdir.  Bizga topshirilgan resurslar o’z ichiga odamlar, pul, o’bro, boshqalarning xavfsizligi, tabiat yoki atrof-muhit resurslarini olishi mumkin.

Talab etilgan standartlar:

  • Normalar va boshqalar urf-odatlariga hurmat ko’rsatish va ular haqida axborotga ega bo’lib turing.
  • Turli hil nuqtai nazarlarga quloq soling va ularni tushuning.
  • Kelishmovchiliklarni ularda qatnashayotgan tomonlar bilan to’g’ridan-to’gri ishlash bilan hal qiling.
  • Har doim professional xulq-atvorni qo’llab quvvatlang.
  • Boshqalarni g’iybat qilish yoki salbiy tanbeh berish bilan shug’ullanmang.

Majburiy standartlar:

  • Muzokaralarda xolis bo’ling.
  • Bizning tajriba yoki lavozim kuchini shaxsiy manfaatlar yo’lida ishlatmang.
  • Boshqalarga nisbatan haqoratlanish ko’rinishlarini namoyon qilmang.
  • Boshqalarning mualliflik huquqini hurmat qiling.

Adolatlilik

Adolatlilik – bu bizning qarorlar qabul qilish va ish yuritishga odillik va xolisona yondashuv qaratilgan burchimizdir. Bizning xulq-atvor raqobatlashuvchi shaxsiy manfaatlardan, noxolislikdan va xotirchilik(favoritizm)dan butunlay xoli bo’lishi kerak.

Talab etilgan standrtlar:

  • Qarorlar qabul qilish protsesslarida oshkoralikni namoyish qiling.
  • O’zingizning odillik va xolislik sifatlaringizni doimo qayta-qayta tekshirib turing.
  • Vakoaltli kishilarga malumotlardan teng huquqli foydalanish imkonini bering.
  • Barcha malakali nomzodlarga teng huquqli imkoniyatlar yaratib bering.

Majburiy standartlar:

  • Manfaatlar to’qnashuvi:
    • Aniq va potentsial manfaatlar to’qnashuvini oshkor qiling.
    • Manfaatlar to’qnashuvi yuzaga kelgan holatlarda manfaatdar tomonlar to’liq ruxsat bermaguncha qarorlar qabul qilish jarayonlarida ishtirok etmang.
  • Xotirchilik(Favoritizm) va diskriminatsiya:
    • Xodimlarni ishga olishda, mukofotlashda yoki kontraktlarni tayinlashda favoritism yoki diskreminatsiyaga yo’l qo’ymang.

Halollik

Halollik – bu bizning haqiqatni tushunish va kommunikatsiya va xulq-atvorlarimiz taluqli faoliyatlarimizda doimo haqqoniylikni namoyon qilishimiz kerak bo’lgan burchimizdir.

Talab etilgan standartlar:

  • Haqiqatni tushunishga sidqidildan harkat qiling.
  • Barcha kommunikatsiyalarda va xulq-atvorda doimo haqqoniy bo’ling.
  • Aniq ma’lumotlarni o’z vaqtida yetkazib bering.
  • Aniq yoki mavhum majburiyatlarni o’z bo’yningizga olayotganingizda yoki va’da berayotganingizda vijdonan yo’l tuting.
  • Haqqoniylikni vujudga keltiradigan muhitni yaratishga harakat qiling.

Majburiy standartlar:

  • Boshqalarni aldash uchun qaratilgan xulq-atvorni qo’llamaslik yoki boshqalar tomonida qo’llanilayotgan aldovlarda qatnashmang.
  • Boshqalarni adashtirishi mumkin bo’lgan bayonotlar qiling.
  • Rostligi aniq bo’lmagan yoki vaziyatga taluqli bo’lmagan ma’lumotlardan foydalanmang.
  • Boshqalardan ma’lumotlarni yashirmang, chunki bu boshqalarni noto’g’ri fikr hosil qilishiga sabab bo’ladi.
  • Shaxsiy foydani ko’zlaydigan halol bo’lmagan ishlarga aralashmang.
  • To’liq va aniq ma’lumotlarni taqdim qiling.

Asosiy professional va ijtimoiy javobgarlikning quyidagilar kiradi:

  • Shaxsiy halollikni ta’minlash.
  • Jamoatchilik va barcha manfaatdor tomonlarni himoq qilish maqsadida shaxsiy halollik va professionalizmni qonunchilik talablariga va etika standartlarga muvofiq ravishda ta’minlash.
  • Loyiha boshqaruvi bo’yicha bilimlar bazasiga o’z hissasini qo’shish.
  • Loyiha boshqaruv xizmatlarini yaxshilash, hamkasblarning qobiliyatini oshirish va ushbu kasbni rivojlantirish maqsadlarida olingan saboqlar, eng yaxshi amaliyotlar, tadqiqotlar va boshqalarni tegishli jamoatchiliklar orasida bo’lishish orqali loyiha boshqaruvi bo’yicha bilimlar bazasiga o’z xissasini qo’shish.
  • Manfaatdor tomonlar qiziqishlarini muvozanatlashtirish.
  • Raqobatlashuvchi ehtiyojlar va maqsadlarni qanoatlantirish maqsadida masalalarni adolatlilik yondashuv yo’li bilan hal qiluvhchi tavsiyalarni taqdim etgan holda manfaatdor tomonlar qiziqishlarini muvozanatlashtirish.
  • Manfaatdor tomonlar bilan professional va hamkorlik tarzida ishlash.
  • Hamkorlik ruhidagi loyiha boshqaruv muhitini yaratish maqsadida shaxsiy, etnik va madaniyatlararo xilma-xillikni hurmat qilgan holda manfaatdor tomonlar bilan professional va hamkorlik tarzida ishlash.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan