Programma –bir-biriga bog’liq loyihalar, kichik programmalar va programma faoliyatlarining guruhiga aytiladi va ularni yakka tartibda boshqarilganda topilmaydigan foydalarni muvofiqlashtirilgan boshqaruv orqali qo’lga kiritish imkonini beradi. Programmalar programmadagi diskret loyihalar doiralardagi tarkiblarga tegishli bo’lmagan ishlarning elementlarini o’z ichiga olishi mumkin. Loyiha programmaning bir qismi bo’lishi yoki bo’lmasligi mumkin, lekin programma doimo loyihalardan tashkil topgan bo’ladi.

Programma boshqaruvi – programma talablarini qondirish va loyihalarni yakka tartibda boshqarganda yuzaga keladigan foydalarni va nazoratni qo’lga kiritish maqsadlarida programma ishlari uchun kerak bo’ladigan bilimlar, ko’nikmalar, vositalar va metodlar dasturi hisoblanadi.

Programma doirasidagi loyihalarni umumiy yakuniy natija yoki jamoaviy imkoniyatlar bog’lab turadi. Agar loyihalar o’rtasidagi munosabatlar faqatgina umumiy mijoz, sotuvchi, texnologiya yoki resurslar bo’lsa, unda harakatlar programma sifatida emas, balki loyihalar portfoliosi sifatida boshqarilishi kerak.

Programma boshqaruvi loyihalarning o’zaro bo’gliqliklarga e’tiborini qaratadi va ularni boshqarish uchun zarur optimal yondashuvni aniqlashda ko’maklashadi. Ushbu o’zaro bo’gliqliklar quyidagi faoliyatlarni o’z ichiga olishi mumkin:

  • Programma doirasidagi bir necha loyihalarga ta’sir qiluvchi resurs checklovlarini va/yoki ziddiyatlarni bartaraf etish,
  • Loyiha va programma maqsadlariga va vazifalariga ta’sir etuvchu tashkiliy/strategik yo’nalishlarni bilan bir safga keltirish, va
  • Umumiy boshqaruv strukturasi doirasidagi muammolarni bartaraf etish va o’zgarishlarni boshqarish.

Programmaga misol qilib, sun’iy yo’ldosh va yer stantsiyalarini loyihalashtirish, har birini konstruktsiya qilish, tizim integratsiyasi va sun’iy yo’ldoshni ishga tushirish kabi proektlarini o’zida jamlagan yangi sun’iy yo’ldosh aloqa tizimini keltirish mumkin.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan