Rejalashtirish Protsess Guruhi

Rejalashtirish Protsess Guruhi to’liq tarkibni yaratish uchun zarur bo’lgan harakatlarni bajarish, maqsadlarni aniqlash va takomillashtirish, hamda ushbu maqsadlarga erishish uchun zarur harakatlar ketma-ketligini ishlab chiqish kabi protsesslardan tashkil topgandir. Rejalashtirish protsesslarida loyihani boshqarish uchun kerak bo’lgan loyiha boshqaruv rejasi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladilar. Loyiha boshqaruvining murakkab xarakteri qo’shimcha analizlar uchun takrorlanuvchi teskari aloqa (natijalar haqida fikr-mulohazalar) tsikllarini ishlatilishini talab etishi mumkin. Qanchalik ko’p loyiha ma’lumotlari yoki xarakteristikalari to’planilsa va tushunilsa, shuncha ko’p qo’shimcha rejalashtirish talab etilinadi. Loyiha hayotiy tsikli davomida sodir bo’ladigan muhim o’zgarishlar bir yoki bir necha rejalashtirish protsesslarini va ba’zi boshlash protsesslarini qayta ko’rib chiqishga bo’lgan ehtiyojni uyg‘otadi.  Loyiha boshqaruv rejasini progressiv ravishda batafsil tayyorlashni – progressiv puxta ishlab chiqish deb ataladi va bu rejalashtirish va hujjatlashtirish iterativ va doimiy takrorlanuvchi faoliyatlar ekanligiga dalolat qiladi. Ushbu Protsess Guruhining asosiy foydasi loyiha yoki fazani muvaffaqiyatli yakunlash uchun zarur bo’lgan strategiya va taktikalarni, shuningdek, harakatlar yoki yo’nalishlarning ketma-ketligini tavsiflab berishdir. Agar Rejalashtirish Protsess Guruhi yaxshi boshqariladigan bo’lsa, unda manfaatdor tomonlarning qo’llab-quvvatlashiga va ularning jalb qilinishiga ancha-muncha oson erishsa bo’ladi. Ushbu protsesslar buni qanday yo’l bilan amalga oshirish kerakligini tavsiflab beradi va istalgan maqsadga yetishish yo’lini belgilaydi.

Loyiha boshqaruv rejasi va loyiha hujjatlari rejalashtirish guruh protsesslarining mahsuli sifatida ishlab chiqiladilar va ular tarkib, vaqt, narx, sifat, kommunikatsiyalar, kadrlar, xavflar, xaridlar va manfaatdor tomonlar jalb etish kabilarning barcha jihatlarini yoritib beradilar.

Loyiha (odatda Monitor va Nazorat protsesslari hamda ayniqsa Loyiha Ishini Boshqarish va Bajarish Protsessi) davomida tasdiqdan o’tgan o’zgarishlar natijasida yuzaga kelgan yangilanishlar loyiha boshqaruv rejasi va loyiha hujjatlarining ayrim qismlariga sezilarli ta’sirlar o‘tkazishi mumkin. Ushbu hujjatlarga kiritiladigan tuzatishlar avvaldan aniqlangan loyiha tarkibini amalga oshirish uchun zarur jadval, narxlar va resurs talablariga juda ham yuqori aniqliklar taqdim etadi.

Loyiha jamoasi loyihani rejalashtirish va loyiha boshqaruv rejasini ishlab chiqish jarayonlarida barcha manfaatdor tomonlardan ma’lumot olishga urinadi va ularning ishtirokini qo’llab-quvvatlaydi. Teskari aloqani (natijalar haqida fikr-mulohazalarni) yig‘ish va hujjatlarni aniqlashtirish protsessi uzoq davomiy bo’lmasligi uchun tashkilot tomonidan o’rnatilgan protseduralar dastlabki rejalashtirish qachon tugallanishi kerakligini ko’rsatib beradi. Ushbu protseduralariga loyihaning xarakteri, o’rnatilgan loyiha chegaralari, shunga muvofiq monitor va nazorat faoliyatlari, shuningdek, loyiha amalga oshiriladigan muhit kabilar ta’sir o’tkazadilar.

Rejalashtirish Protsess Guruhi doirasidagi jarayonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar loyihaning xarakteriga bog’liqdirlar. Misol uchun, ayrim loyihalarda sezilarli rejalashtirish ishlari amalga oshmaguniga qadar xavflarni aniqlashning deyarli iloji yo’q. O’sha paytda jamoa narx va jadval bo’yicha maqsadlar juda ham agressiv ekanligini aniqlaydilar va bu esa avval aniqlanmagan ko’pgina xavflarning paydo bo’lishiga olib keladi. Ushbu iteratsiyalarning natijalari loyiha boshqaruv rejasi yoki boshqa turli xil loyiha hujjatlariga tuzatishlar ko’rinishida hujjatlashtiriladilar.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan