Loyiha Boshqaruvida Professional (PMP – Project Management Professional) sertifikatsiyasi

Hozirda butun dunyo bo’ylab 185 dan ortiq mamlakatlarda loyihalar bilan shug’ullanuvchi 470000 dan ziyoda loyiha boshqaruvi bo’yicha Professionallar bor, PMP – loyiha boshqaruv sohasidagi daraja bo’lib, turli hil yo’nalishlardagi mutaxassislar uchun mo’ljallangandir. PMP darajasini qo’lga kiritganingizdan so’ng, siz loyiha boshqaruv sohasidagi eng yirik va nufuzli sertifikatlangan mutaxassislar hamjamiyatining a’zosiga aylanasiz.

PMP darajasini qo’lga kiritish uchun, birinchidan, siz ta’lim va tajribaga oid talablarga loyiq bo’lishingiz kerak. Ikkinchidan, siz test ko’rinishidagi imtihondan o’tishingiz kerak. Ushbu imtihon sizning loyiha boshqaruvi sohasidagi bilimlaringizni xolisona baholash uchun ishlab chiqilgan. Bu PMP darajasiga imtihon kompyuterda test topshirish orqali butun dunyo bo’ylab amalga oshiriladi.

Loyiha Boshqaruvida Professional (PMP) darajasi uchun imtihon

PMP darajasi uchun imtihon loyiha boshqaruvi amaliyotida qo’llanadigan bilimlar, ko’nikmalar, vositalar va metodlarni qanchalik amalda ishlata olinishini baholaydi. Imtihon talablari 1997 yilda ishlab chiqilgan. PMP darajasiga imtihon 200 ta test ko’rinishida amalga oshiriladi, bunda har bir savol uchun 4 ta javob varianti beriladi va bulardan faqat bittasini tanlash talab etiladi. Bulardan 175 ta savollar amalda hisob-kitob qilinadilar, qolgan 25 ta savollar esa tajriba uchun ishlatilinib, kelajakdagi amaldagi hisob-kitob qilinadigan testlar qatoriga qo’shilishi mumkin va ushbu 25 ta savollar amalda hisob-kitob uchun ishlatilmaydilar. Barcha savollar Loyiha Boshqaruvida Professional (PMP) lardan tashkil topgan komissiya a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.  Imtihondan muvaffaqiyatli o’tish uchun imtihon topshiruvchi amalda hisoblanuvhchi 175 savollardan 106 tasiga to’g’ri javob berishi kerak. Shunga ko’ra, imtihondan o’tish bali 61% ni tashkil qiladi. 200 ta savollarga javob berish uchun 4 soat vaqt beriladi. Test kompyuter ko’rinishida amalga oshiriladi. Barcha imtihon savollari har yili imtihon talablariga javob berishini va har bir savol bo’yicha yetarli ma’lumot materiallari mavjudligini ta’minlash maqsadida nazorat ko’rigidan o’tkaziladi.

Imtihonga tayyorlanish

Imtihonga tayyorlanish uchun juda ham ko’p manbalar mavjud. Loyiha boshqaruvini o’rganish bo’yicha “Loyiha boshqaruvi bo’yicha bilimlar to’plami uchun qo’llanma” (Project Management Body of Knowledge (PMBOK)® Guide) asosiy kitob hisoblanadi. Ushbu standartni ingliz hamda rus tillaridan Loyiha Boshqaruv Instituti (PMI)ning onlayn do’konlaridan sotib olish mumkin. PMI shu bilan birga loyiha boshqaruviga taalluqli juda ham ko’p sonli va barcha turdagi darsliklar va kitoblarni taqdim etadi. Imtihon topshirish mobaynida, imtihon topshiruvhchi o’zining tajribasini ham ishlatishi kerak, chunki testdagi ko’pgina savollar turli vaziyatlar bo’yicha tuzib chiqilgan. PMI imtihon topshirishga tayyorlanish uchun maxsus o’quv kurslaridan o’tishni majburiy qilmagan, ammo agar imtihon topshiruvchi kurslarni eshitish istagi bo’lsa, unda har bir region uchun ta’lim beruvchi provayderlar ro’yxatini PMI veb-saytidan topishi mumkin.

Imtihon tarkibi

Boshlash – savollarning 13%

Rejalashtirish – savollarning 24%

Bajarish – savollarning 30%

Monitor va nazorat – savollarning 25%

Yopilish – savollarning 8%

Professional va ijtimoiy javobgarlikka oid ma’lumitlar Loyiha Boshqaruv Instituti (PMI)ning Ahloq-Odob Kodeksida keltirilgan bo’lib, ular imtihonda muhim ahamiyatga egadir.

Imtihon topshirish uchun ariza topshirish

Imtihon topshirish huquqini qo’lga kiritishingiz uchun siz o’z tajribangiz va olgan ta’limingiz tasdiqlovchi arizani Loyiha Boshqaruv Instituti (PMI)ga jo’natishingiz lozim. Kandidatlar loyiha boshqaruvining guruh protsesslari (boshlash, rejalashtirish, bajarish, va boshqalar) doirasida o’zlarining bajargan muayyan vazifalariga oid qo’lga kiritgan tajribalarni batafsil keltirishlari hamda har bir loyiha uchun murojaat etish mumkin bo’lgan kontakt ma’lumotlari keltirishlarii shart.

Agarda arizangiz audit tekshiruviga tushsa, PMI arizada keltirilgan tajribalarni to’g’riligini tasdiqlash uchun siz keltirgan menejerlar bilan bog’lanadi. Arizani topshirish asosan PMIning asosiy veb-saytidan (PMI) ushbu link apply on-line orqali on-line ravishda amalga oshiriladi. Arizani on-line to’ldirish tizimi kandidatlarga sertifikatsiyalanish protsesslari davomida o’z holatiga oid ma’lumotlarni kuzatish imkonini beradi.  Shuningdek, arizaning qog’oz formasidagi ko’rinishi bilan www.pmi.org saytidan ma’lumot olishingiz mumkin. Arizani on-line topshirganingizga bir necha kun o’tgandan so’ng siz asosiy adres qilib ko’rsatgan elektron pochta adresingizga sizning arizangizni qabul qilinganligi to’g’risida tasdiq xati keladi va o’sha yerning o’zida imtihon to’lovini to’lashingiz taklif qilinadi. Imtihonga pul to’laganingizdan so’ng agar siz audit tekshiruviga tushmasangiz, sizning elektron adresingizga Prometrik Markazlarida www.prometric.com imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o’tishingiz uchun zarur bo’lgan sizning identifikatsiya kodingiz keladi. Agar siz auditga tushsangiz (odatda kandidatlarning 5-25% auditga tushadi), unda siz PMI tomonidan keltirilgan muddat ichida tajriba va olgan ta’limingizni tasdiqlovchi talab etilgan hujjatlarni PMIga jo’natishingiz kerak. Shundan so’ng PMI 10 kun ichida tekshirib sizga imtihonga ruxsat beradi yoki sabablarini ko’rsatib rad javobini beradi.

Imtihon topshirish joylari

Imtihon topshirishingiz uchun www.prometric.com orqali turar joyingizga mavjud Prometrik Markazini topasiz, ular bilan bo’g’lanasiz va on-line tarzda imtihon kuni va vaqtini belgilaysiz.

Imtihonni qayta topshirish

Kandidatlarning arizlari PMIdan ro’yxatdan o’tgandan sanadan 1 yil davomida 3 martagacha qayta topshirish imkoniga egadirlar. Agar kandidat imtihonni 3-martada ham topshira olmasa, unda qayta test topshirsih uchun ushbu oxirgi imtihondan yeqilgan sanadan boshlab 1 yil davomida kutishlari kerak. Imtihondan 1-marta o’ta olmagan va qayta topshirish istagida bo’lgan kandidatlar www.pmi.org orqali o’z arizalariga kirib, qayta topshirish to’lovini amalga oshirishlari kerak bo’ladi. Shundan so’ng,  sizning elektron adresingizga Prometrik Markazlarida www.prometric.com imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o’tishingiz uchun zarur bo’lgan sizning identifikatsiya kodingiz keladi.

PMP darajasi imtihon narxlari.

Birinchi imtihon to’lovi:

$ 405,00 – PMI a’zolari uchun

$ 555.00 – PMI a’zolari bo’lmagan shaxslar uchun.

Qayta imtihon to’lovi:

$ 275,00 – PMI a’zolari uchun

$ 375.00 – PMI a’zolari bo’lmagan shaxslar uchun.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan