Loyiha Sifat Boshqaruvi

Loyiha Sifat Boshqaruvi loyihadan so’ralgan talablarga yetishish uchun zarur sifat nizomlarini, maqsadlarini va ma’suliyatlarini aniqlaydigan va ularni amalga oshiradigan tashkilotga tegishli bo’lgan protsesslar va faoliyatlarni o’z ichiga oladi. Loyiha kontekstida, loyiha sifat boshqaruvi tashkilotning sifat boshqaruvi tizimini yaratish uchun nizomlar va protseduralardan foydalanadi va shunga ko’ra, u bajaruvchi tashkilot nomidan faoloiyatlarning doimiy protsess yaxshilanishlarini qo’llab-quvvatlaydi. Loyiha Sifat Boshqaruvi loyiha talablari, jumladan mahsulot talablarining qondirilganligiga va tasdiqlanganligiga ishonch hosil qilish uchun harakat qiladi.

Quyida asosiy Loyiha Sifat Boshqaruvi protsesslari keltirilgan:

  • Sifat Boshqaruvini Rejalashtirish – loyiha va yetkazib berilayotgan natijalarga tegishli sifat talablarini va standarlarini aniqlash va loyiha qanchalik sifat talablariga rioya etishini hujjatlashtirish protsessidir.
  • Ishonchli Sifatni Ta’minlash – tegishli sifat standartlari va operatsion tavsiflarni ishlatilishini ta’minlash maqsadida sifat talablarini va sifat nazorat o’lchovlarining natijalarini audit qilish protsessidir.
  • Sifatni Nazorat Qilish – qanchalik maqsadga erishilganligini va tavsiya etilgan tegishli o’zgarishlarni baholash maqsadida sifat faoliyatlarini amalga oshirish davomida yuzaga keladigan natijalarni monitoring qilish va qayd etish protsessidir.

Ushbu protsesslar bir-birlari bilan va boshqa Bilim Sohalariga oid protsesslar bilan o’zaro munosabatlarga egadirlar.

Loyiha Sifat Boshqaruvi loyiha boshqaruvini va loyiha yetkazib berayotgan natijalarni amalga oshirishga qaratilgandir. Bu loyiha yetkazib berayotgan natijalardan qat’iy nazar barcha loyihalar uchun amal qiladi. Sifatni ta’minlash uchun qaratilgan maxsus o’lchovlar va metodlar loyiha doirasida yetkazib berilayotgan natijalarning muayyan turiga qarab belgilanadi. Misol uchun, dasturiy ta’minot sohasida yetkazib berilayotgan natijalarga tegishli sifat boshqaruvida ishlatiladigan yondashuvlar va o’lchovlar atom elektrostantsiyasi qurilishida ishlatiladigan yondashuvlardan tubdan farq qiladi. Har ikkala holda ham, sifat talablarini bajarmaslik loyihaning ayrim yoki barcha manfaardorlari uchun jiddiy va salbiy oqibatlarni olib kelishi mumkin. Masalan:

  • Mijozjarning talablarini qondirish uchun loyiha jamoasining ish vaqtidan tashqari qo’shimcha ishlar bilan urinish, foydani kamayishiga, loyihaning xafv-xatarlarini oshishiga, xodimlarning qo’nimsizligiga, xatolarga va qayta ishlashlarga olib keladi.
  • Loyiha jadvalida belgilangan maqsalarga erishish uchun rejalashtirilgan sifat inspektsiyalarini shoshirgan holda urinish, kutilmagan xatolarga, foydani kamayishiga va ish bitgandan so’ng yuzaga keladigan xavf-xatarlarning oshishiga olib keladi.
  • Sifat va daraja – bular bir xil tushunchalar emas. Sifat yetkazib berilayotgan ish yoki natija sifatida – talablarni qondirish uchun qaratilgan o’ziga xos xususiyatlar to’plamining mos kelishlik darajasidir (ISO 9000). Daraja esa o’ylangan dizayn sifatida – bir xil funktsional qo’llanishga ega, ammo turli xil texnik xususiyatlarga ega yetkazib berilayotgan natijalarga tayinlangan kategoriyadir. Loyiha rahbari va loyiha boshqaruv jamoasi har ikkala sifat va darajani talab etilgan saviyada amalga oshirish uchun zarur tegishli kompromis yechimlarni boshqarishga ma’suldirlar. Sifat saviyasi sifat talablariga javob bermasa hamda u doimo muammo bo’lib hisoblansa-da, sifat darajasining pastligi esa har doim ham maummo bo’lmasligi mumkin. Masalan:
  • Muaommo bo’lmasligi mumkin, agar dasturiy (funktisyalari cheklangan) mahsulotning past darajada ekanligi yuqori sifat (ochiq-oydin defektlarning yo’qligi, tushunarli qo’llanmaning mavjudligi) uchun muvofiq bo’lsa. Bu misoldagi mahsulot umumiy maqsadda foydalanish uchun yetarli bo’ladi.
  • Muaommo bo’lishi mumkin, agar dasturiy (bir qancha funktsiyalarga ega) mahsulotning yuqori darajada ekanligi past sifat (ko’p defektlar, yomon tashkil etilgan qo’llanma) uchun muvofiq bo’lsa. Bu aslida uning yuqori darajadagi funktsiyalar to’plami samarasiz va/yoki yetarli bo’lmayotgani uchun past sifat yuzaga keltirayotganini bildiradi.

Loyiha boshqaruv jamoasi sifat bosharuv rejasida qo’llash uchun zarur bo’lgan tegishli aniqlik va to’grilik darajalrini aniqlab olishi kerak.  To’grilik – bu mutanosiblik o’lchovidir. Misol uchun, o’lchovning aniqlik intervali deb, sanoq o’qi o’lchovidagi har bir o’sish qiymatiga aytiladi. Qanchalik o’sishlar soni ko’p bo’lsa, shunchalik to’g’riligi oshib boradi. Aniqlik – bu qanchalik aniq bo’lish o’lchovidir. Misol uchun, o’lchanayotgan elementning qiymati uning asl o’lchov xususiyatlaridagi qiymatga juda yaqin kelsa, ushbu o’lchov juda ham aniq deyiladi. Ushbu tushunchani kamondan o’t oqish uchun ishlatiladigan nishonlarni taqqoslash namoyon qiladi. O’qlar agar nishoning markazida to’plangan bo’lmasalar ham, lekin nishonning ma’lum bir mashtabida to’plangan bo’lsalar, bu ularning yuqori aniqlikka ega ekanliklarini ko’rsatadi. O’qlari tarqalgan holda, lekin markazdan bir hil uzoqlikda joylashgan nishonlar bir hil aniqlik dajasiga ega nishonlar hisoblanadi. Oq’lari bir hil zich to’plangan va markazda joylashgan nishonlar ham aniq va ham to’g’ri hisoblanadilar. To’gri o’lchovlar har doim ham aniq bo’lmaydilar va aniqlik o’lchovlari ham o’z navbatida har doim ham to’gri bo’lmaydilar.

Ushbu maqolada yoritilgan loyiha sifat boshqaruviga oid asosiy yondashuv Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti(ISO)ning sifat standartlariga muvofiq bo’lishi uchun mo’ljallangan. Har bir loyiha sifat boshqaruv rejasiga ega bo’lishi kerak. Loyiha jamaolari esa loyiha sifat boshqaruv rejasiga amal qilishlari va rejaga muvofiqlik darajasini ko’rsatuvchi ma’lumotlarga ega bo’lishlari kerak.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan