Loyihalardan ko’pincha tashkilotning strategik rejasiga oid maqasadlarga erishish yo’lida bevosita yoki bilvosita vosita sifatida foydalaniladi.

Loyihalar odatda quyidagi bir yoki bir necha strategik mulohazalar natijasida shakllanadi:

  • Bozor talabi (misol uchun, avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan benzin yoqilg’isi yetishmovchiligiga javob chora sifatida tejamkor avtomobillar ishlab chiqarish bo’yicha yangi loyihani boshlash);
  • Strategik imkoniyat/biznes ehtiyoj (misol uchun, treninglar o’tkazuvchi kompaniya tomonidan o’z daromadlarini oshirish maqsadida yangi kurslarni yaratish bo’yicha yangi loyihani boshlash);
  • Ijtimoiy ehtiyoj (misol uchun, rivojlanayotgan mamlakatda infektsion kasalliklar yuqori bo’lgan jamiyat uchun nodavlat tashkilot tomonidan ichimlik suvining ta’minot tizimlari, kanalizatsiya va sanitariya bilimlarini yetkazish bo’yicha yangi loyihani boshlash);
  • Atrof-muhit muhofazasi (misol uchun, davlat korxonasi tomonidan atrof-muhitga bo’lgan zararni kamaytirish maqsadida, odatiy avtomobillarni elektr avtomobillariga almashtirishga oid yangi xizmat turini yaratish maqsadida yangi loyihani boshlash);
  • Mijoz talabi (misol uchun, elektr ta’minoti ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan yangi sanoatlashtirilayotgan rayonni elektr ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida yangi elektr ta’minot stantsiyasini qurish bo’yicha loyihani boshlash);
  • Texnologik rivojlanish (misol uchun, kompyuter texnikalarini ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan kompyuter xotirasi va elektron texnologiyalarga oid erishilgan so’nggi yutuqlarga asoslangan holda yanada tezroq, arzonroq va kichikroq noutbuk ishlab chiqarishga oid loyihani boshlash);
  • Yuridik talab (misol uchun, kimyoviy moddalar ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan yangi zaharli moddalar bilan ishlash uchun zarur qo’llanmalarni ishlab chiqarishga oid loyihani boshlash).

Loyihalar ko’pincha tashkilotning strategik rejasiga muvofiq maqsadlar va vazifalarga erishish yo’lidagi programma yoki portfelning bir qismi bo’lib hisoblanadi. Programma doirasidagi loyihalar diskret foydalar keltirishi mumkinligiga qaramay, jumladan, ushbu loyihalar tashkilotning programmalariga, portfel maqsadlariga va strategik rejalarga ham o’z hissasini qo’shishi mumkin.

Tashkilotlar portfellarni strategik rejaga muvofiq boshqaradilar. Portfel boshqaruvining maqsalaridan biri – bu portfel tarkibiga kiritilishi mo’ljallinalayotgan programmalar, loyihalar va boshqa tegishli ishlarni sinchkovlik bilan o’rganish orqali portfelning keltiradigan foydalarni maksimal darajada oshirishdir. Strategik maqsadlarga eng kam darajada muvofiq keladigan komponentlarni portfel tarkibidan chiqarib tashlash mumkin. Shunga muvofiq, tashkilotning strategik rejasi loyihalarga investitsiyalar kiritish bo’yicha boshqaruvning boshlang’ich omili bo’lib hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda, loyihalar programmalar va portfellarning joriy holati xususidagi hisobotlar, qo’lga kiritilgan saboqlar va o’zgarishlarga oid so’rovlar orqali teskari aloqani ta’minlaydi va ularning boshqa loyihalar, programmalar yoki portfellarga bo’ladigan ta’sirini aniqlashda yordam berishlari mumkin. Loyiha ehtiyojlari resurs ehtiyojlarini ham hisobga olgan holda umumlashtiriladilar va portfel darajasiga boshqaruvga uzatiladilar, bu o’z navbatida tashkiliy rejalashtirishning yo’nalishini belgilaydi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan