Shoxi Zinda, Samarqand

Loyiha boshqaruvi ming yillar davomida bir necha ko’rinishlarda mavjud bo’lib kelgandir. Insonlarning samarali rejalashtirishni tashkil etishlari va muayyan maqsadlarga erishishlari o’ziga xos yondashuvni talab qilib, loyiha sifatida belgilanishni taqozo etdi. Bo’lmasa qanday qilib insonlar tarix guvoh bo’lgan bunday ajoyib mo’jizalar va yutuqlarga erishgan bo’lishar edi?

Loyiha boshqaruvining tarixi qariyb 4500 yillik tarixga ega bo’lib, o’z ichiga Buyuk Giza Piramidasi, Parfenon, Kolizey, Evropa Gotik Soborlari, Toj Mahal, Transkontinental Temiryo’li kabi mega loyihalar tarixini o’z ichiga oladi. Bu loyihalar tarixda o’z-o’zidan anomal ravishda paydo bo’lib qolmagan, balki bugungi kun zamonasining loyihalariga juda ham o’xshashib ketadigan xususiyatlar bilan sistematik tarzda amalga oshirilgandirlar.

Toj Mahal

Toj Mahal
Toj Mahal

Ko’p odamlar uchun loyiha boshqaruv tarixining boshlanish nuqtasi bo’lib Buyuk Giza Piramidasining eramizdan avvalgi 2550 yillarda o’z davrining yodgorligi ko’rinishiga kelgan holati tushunilinadi. Ushbu loyiha minglab qullarning og’ir mehnat sharoitlarida shafqatsiz Fir’avnga xizmat qilganliklarinining tasavvurini ko’z oldimizga keltiradi. Biroq haqiqatda esa mehnat bitmas-tuganmas ta’minlash manbai emas, balki ancha qimmatga tushgan resurs ko’rinishida xizmat qilgan. Zamonaviy tadqiqotlarning ko’rsatishicha ushbu loyihada ish kuchi sifatida qullar mehnatidan foydalinalganiga dalillar ko’p emas. Faqatgina Buyuk Hitoy Devori qurilishida (eramizdan avvalgi 221-206 yillarda) qullar mehnatidan foydalanilgani to’grisida dalillar keltirilgan. Giza loyihasining ishchi kuchlari o’rta sinf ratsionida kun ko’rganlar. Giza 20 yil ichida qurilgan bo’lib, kishini hayratga soladigan darajada aniq o’lchovlar, qavatlar asosining aniqligi  va 40 dan 60 tonnagacha bo’lgan bloklarning xatosiz aniqlik bilan yotqizilishi, bugungi kun muhandislarini ham lol qoldirib kelmoqda.

Giza Piramidasi

Giza Piramidasi
Giza Piramidasi

Buyuk Xitoy Devori

Buyuk Xitoy Devori
Buyuk Xitoy Devori

Keyingi 2700 yillar davomida muhim loyihalar Yunon va Rim davrlarga oid me’moriy durdonalari qamragan bo’lib, ular o’z ichiga imoratlar va inshootlar barpo etishni olgan edi. G’isht, beton va temir kabi takomillashtiruvchi materiallardan foydlanishning boshlanishi loyiha tarixidagi o’ziga xos o’zgarishlar kiritgan bo’lib, ular ko’proq dizayn imkoniyatlarini hamda strukturada qulayliklar va moshlashuvchanliklarni taqdim etdi. Yuliy Tsezarning iqtisodiyotni rag’batlantirishi natijasida qurilish sohasida inqilobiy o’zgarishlarga olib keldi. Bu o’zgarishlar Rim Kolizeyi (80-yilda) va Pantefon (125-yilda) kabi loyihalarning yuzaga kelishiga turtki bo’ldi. Ajablanarlisi shundaki, bu loyihalar nisbatan bir-biriga yaqin vaqt oraliqlarida tugallanib ishga tushganlar.  Masalan, Parfenon 8 yil, Kolizey 9 yil va Panteon 7 yil davr mobaynida qurib bitqazilganlar. Bugungi kunga o’xshab bu loyiha homiysini xursand holda tutib turishning bir ko’rinishidir.

Parfenon

Parfenon
Parfenon

Kolizey

Kolizey
Kolizey

O’rta Asrlarda Rim imperiyasining qulashi qaramay, loyihalar jadal ravishda Sharqiy Rim Imperiyasida (Ayasofya sobori) va Islom dunyosida mega loyihalar rivojlanib bordi, bunga Markaziy Osiyoni (Poyi Kalon, Shohi Zinda me’morchilik majmui, Amir Temur maqbarasi, Ulug’bek rasadxonasi, Minorai Kalon) ham misol qilish mumkin.  Rivojlanishlar Sharqiy Osiyoni ham chetlab o’tgani yo’q.  Bundan tashqari rivojlanish (porox, qog’oz, kompas va uchburchakli parus kabi) yangi texnologiyalarning yaratilishi hamda temir kabi materiallarning rivojlanishi orqali davom ettirildi.

Ayasofya Sobori

Ayasofya Sobori, Istanbul
Ayasofya Sobori, Istanbul

Ulug’bek Rasadxonasi

Ulug'bek Rasadxonasi, Samarqand
Ulug’bek Rasadxonasi, Samarqand

Shoxi Zinda

Shoxi Zinda, Samarqand
Shoxi Zinda, Samarqand

Poyi Kalon

Poyi Kalon, Buxoro
Poyi Kalon, Buxoro

So’nggi 400 yil ichida loyihalar yanada jadallik bilan takommillashib bordi. Bu ishlarga Birinchi Ilmiy Inqilob ijobiy ta’sir o’tkazib, muhim ilmiy kashfiyotlar va ixtirolar taqdim qildi va buning natijasida G’arb jamiyatida sezilarli o’zgarishlar yuzaga keldi. Birinchi Ilmiy Inqilob o’z navbatida Birinchi Sanoat Inqilobi vujudga kelishiga sababchi bo’lib, u esa katta ahamiyatga ega o’zgarishlarga olib keldi. Sanoat inqilobi temir sifatining va narhining sezilarli yaxshilanishi bilan boshlandi.

XIX-asrga kelib beton va temir kabi materiallarning ishlab chiqarish xarajatlari pasaydi va bular kanallar, ko’priklar, va temiryo’l kabi loyihalarning infratuzilmalarini o’sishi uchun katalizatorlar vazifasini o’tab berdilar. Bu o’zgarishlar ancha murakkab va ko’p rejalashtirishni talab etadigan mega loyihalarni yuksalishiga sabab bo’ldilar. Misol uchun, 6 yil ichida 30000 kilometr uzunlikdagiTranskontinental Temiryo’l loyihasi kutilgan vaqtidan 2 baravar tez qurib bitkazildi. Xuddi shunday, Transatlantik Kabel loyiha 4 kilometr chuqurlikda bog’lanuvhchi ishni amalga oshirishi texnologiyalarni qanday tez rivojlanishiga misol qilib ko’rsatish mumkin. Bu loyihalar sanoat inqilobida o’ta muhim ahamiyat kasb etdilar.

XIX asrning oxiriga kelib, ommaviy ishlab chiqarishga ega Jahon Sanoat dunoysi juda katta miqdordagi xom ashyolar, resurslar, inson kuchlari, uskunalar va tashkilotlar ta’minlash tizimini talab etdi. Bular esa o’z navbatida transportirovka, saqlash, ishlab chiqarish, to’plash, va taqsimlash kabi yanada murakkab tizimlar kerakligini ko’rsatdi. Bundan tashqari, jadal ravishda kengayib borayotgan minglab ish kuchlarining uy-joy, sog’liqni saqlash, ijtimoiy himoya va ta’lim olish kabi talablari hisobga olinishi kerak bo’lib qoldi. Barcha bu o’zgarishlar shu talablarni o’zida qamrab olgan yangi institutlar, muassasalar va tashkilotlarning paydo bo’lishiga olib keldilar. Kimyo sanoati kabi yangi rivojlanayotgan texnologiyalar o’g’itlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yib, ular organik yoqilg’ini ekspluatatsiyasini o’z ichiga olgan edi. Yana bir inqilob Ichki yonish dvigatelini yaratilishiga olib keldi va bu avtomobil sanoati tug’ilishiga asos bo’ldi. Parallel ravishda, elektrotehnika sanoati shu darajada rivojlandiki va buning natijasida ommaviy elektr qurilmalari va telefonlarini ishlatishning boshlanishiga olib keldi. Bularning barchasi Ikkinchi Ilmiy Inqilob bo’lib, XX asrning mega infratuzilamalariga ega katta yo’l tarmoqlari, gidroenergiya to’g’onlari, elekr va telefon tarmoqlari kabi loyihalarni yaralishiga sabab bo’ldi.

Uchinchi Sanoat Inqilobi 1940-yildan hozirgi kungacha bo’lgan davrni qamragan bo’lib, bu davrda eletkro-mehanik va elektron kompyuterlash, axborot va internet tehnologiyalari jadal suratda rivojlandilar. Bu esa boshqaruv amaliyotlarini biznesga tadbiq qilinishini boshladi. Ikkinchi Jahon Urushi mega loyihalarni tez suratlarda rivojlanishiga olib keldi. Bunga misol qilib, Buyuk Britaniya uchun Kurash (1940-yilda) o’ziga hos adaptiv tizimi, Bletchli Parkida Koloss mahfiy kompyuterlari (1943-yilda), Normandiya jangi (1944-yilda) va Manhetten (1945-yilda) kabi loyihalarini yaratilganliklarini ko’rsatish mumkin.

Sovuq Urush Uchinchi Sanoat Inqilobini namoyish etib, Ikkinchi Jahon Urushidan so’ng erishilgan axborot va ilmliy salohiyatlardan foydalangan holda katta yutuqlarni o’zida aks ettirdi. Bundan tashqari, Ikkinchi Jahon Urushidagi tajribalar va prototiplar asosida AQSh Havo Kuchlarining samolyotlar, raketalar va murakkab texnologiyalar bilan bog’liq ko’p sonli loyihalarining rivojlanligini ko’rsatdi. Ushbu loyihalarda birinchi marta Keskin Yo’l Metodi (Critical Path Method) va Baholash va Sharhlash Metodlash Dasturi (Program Evaluation and Review Technique) kabi  metodlar birinchi marta ishlatilib va rivojlantirilib, bular loyiha rahbarlariga nazorat uchun ulkan qulayliklar yaratdilar.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan