Loyiha Tarkib Boshqaruvi

Loyiha Tarkib Boshqaruvi loyiha o’z tarkibiga kiruvchi barcha ishlarni va faqatgina loyihani muvaffaqiyatli yakunlash uchun zarur bo’lgan ishlar bilangina ta’minlashni talab etadigan protsesslarni o’z ichiga oladi. Loyihani tarkibini boshqarishda loyiha tarkibiga nima kirishi va nima kirmasligini aniqlash va nazorat qilish asosiy ahamiyat beriladigan jihatlardir.

Quyida asosiy Loyiha Tarkib Boshqaruv protsesslari keltirilgan:

  • Tarkib Boshqaruvini Rejalashtirish – Loyiha tarkibi qanday qilib aniqlanishi, tasdiqlanishi va nazorat qilinishini hujjatlashtirishga qaratilgan tarkib boshqaruv rejasini yaratuvchi protsessdir.
  • Talablarni Yig’ish – Loyiha maqsadlariga erishish uchun zarur bo’lgan manfaatdor tomonlar ehtiyojlarini va talablarini aniqlash, hujjatlashtirish va boshqarish.
  • Tarkibni Aniqlash – Loyiha va mahsulotning batafsil tavsifini ishlab chiqish.
  • Ishning Iyerarhik Strukturasi (WBS – Work Breakdown Structure)ni Yaratish – Yetkazib berilayotgan natijalarni va loyiha ishlarini yanada kichikroq va osonroq boshqariluvchi komponentlarga bo’lish protsessidir.
  • Tarkibni Tasdiqlash – Yetkazib berilgan loyiha natijalarini rasmiy ravishda qabul qilib olish protsessidir.
  • Tarkibni Nazorat Qilish – Loyiha va mahsulotga tegishli tarkib holatini monitor qilish va tarkib bazoviy rejasiga kiritilayotgan o’zgarishlarni boshqarish.

Ushbu protsesslar bir-birlari bilan va boshqa Bilim Sohalariga oid protsesslar bilan o’zaro munosabatlarga egadirlar.

Loyiha kontekstida “tarkib” termini quyidagilarni bildiradi:

  • Mahsulot tarkibi. Mahsulot, xizmat yoki natijalarni xarakterlovchi xususiyatlar va funktsiyalar.
  • Loyiha tarkibi. Belgilangan xususiyatlar va funktsiyalar ega mahsulot, xizmat yoki natijalarni yetkazib berish uchun amalga oshiriladigan ishlar. “Loyiha tarkibi” termini ayrim holatlarda o’z ichiga mahsulot tarkibini ham oladi.

Loyihar tarkibini boshaqrishda ishlatiladigan protsesslar, shuningdek, ko’maklashuvchi vositalar va metodlar loyihaga qarab turli xil bo’lishi mumkin. Loyihaning tarkib bazoviy rejasiga tasdiqlangan loyiha tarkib bayoni, Ishning Iyerarhik Strukurasi (IIS yoki WBS) va unga muvofiq IIS (WBS) ning lug’ati kiradi. Bazoviy reja faqatgina rasmiy ravishda o’zgarishlarni nazorat qiluvhchi protseduralar tomonidan o’zgartirilishi mumkin va Tarkibni Tasdiqlash va Tarkibni Nazorat Qilish va boshqa nazorat qilish protsesslarini amalga oshirish davomida solishtirish uchun asos sifatida ishlatilishi mumkin.

Loyiha tarkibini amalga oshirilishi loyiha boshqaruv rejasiga muvofiqligi bilan tekshiriladi. Mahsulot tarkibini amalga oshirilishi esa mahsulot talablariga nisbatan amalga oshiriladi. Belgilangan mahsulot tarkibi asosida loyiha ishlari yetkazib berayotgan natijalarga erishish uchun Loyiha Tarkib Boshqaruviga oid protsesslar boshqa Bilim Sohalaridagi protsesslar bilan integratsiya qilinishini talab etadi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan