Funktsional Tashkilot

Tashkilotning madaniyati, uslubi va strukturasi loyihaning qanday amalga oshirilishiga ta’sir qiladi. Loyiha boshqaruvi va uning loyiha boshqaruvidagi tizimlarining yetuklik darajasi ham loyihaga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Agar loyiha doirasi qo’shma korxona yoki hamkorlik kelishuvi kabi o’zga tashkilotlarni qamragan bo’lsa, unda loyihaga bir necha tashkilotlar tomonidan ta’sir o’tkazilishi mumkin. Quyidagi bo’limlarda korxona doirasida loyihaga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan tashkiliy xususiyatlar, omillar va aktivlar ta’riflab berilganlar.

Tashkiliy madaniyatlar va uslublar

Tashkilot – amaldagi loyiha doirasidagi maqsadga yetishish uchun yo’naltirilgan tomonlar (insonlar va/yoki idoralar) ning sistematik birlashmasidir. Tashkilotning madaniyati va uslubi uning loyihalarni qanday boshqarishiga ta’sir qiladi.

Madaniyatlar va uslublar  –  vaqtlar o’tishi bilan rivojlantirib kelingan va “madaniy normalar” deb nomlanuvchi guruhiy hodisalardir. Normalar loyihalarni boshlash va rejalashtirish uchun zarur yondashuvlarni o’z ichiga olgan bo’lib, bu vositalar ishlarni amalga oshirish uchun hamda qarorlarni qabul qiladigan va ularga ta’sir o’tkazadigan rahbariyat uchun maqbul hisoblanadilar.

Tashkiliy madaniyat tashkilot a’zolarining umumiy tajribalari asosida shakllantirilib kelinadi va ko’pgina tashkilotlar vaqtlar davomida amaliyotlar va umumiy foydalanishlar natijasida o’zlariga xos madaniyatlarni ishlab chiqadilar. Umumiy tajribalarga quyidagilar kiradi, ammo faqat shular bilan chegaralanib qolmagan:

  • Umumiy qarashlar, vazifalar, qadriyatlar, ishonch va istaklar;
  • Nizomlar, asoslar, metodlar va protseduralar;
  • Motivatsiya va mukofotlash tizimlar;
  • Xavfga bardoshlik;
  • Yetakchilik, iyerarhiya va rahbariyat o’rtasidagi munosabalarga nisbatan qarashlar;
  • Odob-axloq kodeksi, ishlash etikasi va ish soatlari, va
  • Biznes muhitlar

Mandaniyatlar va uslublar o’rganiladi va tarqatiladi, hamda loyihaning qoyilgan maqsadlariga erishish uchun qaratilgan imkoniyat;ariga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shuning uchun loyiha rahbaridan loyihaga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan turli hil tashkiliy uslublar va madaniyatlarini yaxshi tushunib olish talab qilinadi. Loyiha rahbari tashkilotda qaysi shaxslar qaror qabul qiluvchilar yoki unga ta’sir o’tkazuvchilar ekanligini bilishi va loyihaning muvaffaqiyatli bo’lish ehtimolligini oshirish maqsadida ular bilan hamkorlikda ishlashi zarur.

Globallashuv zamirida, dunyo bo’ylab turli joylarni va tashkilotlarni o’zida qamrab olgan loyihalarda mandaniyatlar ta’sirini tushunib yetish o’ta muhim hisoblaniadi. Madaniyat loyihaning mufavvaqiyatini belgilaydiga jiddiy omilga aylanib boryapti va ko’p madaniyatlilik kompetentsiyasi loyha rahbari uchun juda muhim bo’lib bormoqda.

Tashkiliy strukturalarning loyihalarga ta`siri

Tashkiliy strukturalarning loyihalarga ta’siri
Tashkiliy strukturalarning loyihalarga ta’siri

Funktsional Tashkilot

Klassik funktsional tashkilot quyidagi rasmdagi ko’rstailgan iyerarhiyaga ega bo’lib, unda har bir ishchiga bitta aniq boshliq tayinlangan. Xodimlar ishlab chiqarish, marketing, muhandislik va buxgalteriya kabi o’z mutaxassisliklari bo’yicha yuqori darajada guruhlangan bo’ladilar. Bundan tashqari mutaxassisliklar yanada chuqurroq yo’naltirilgan mexanik va elektr muhandislik kabi bo’limlarga bo’linishi mumkin. Funktsional tashkilotda har bir departament boshqa departamentlardan mustaqil ravishda o’z loyihasini amalga oshiradi.

Funktsional Tashkilot
Funktsional Tashkilot

Matritsa Tashkilotlari

Quyida keltirilgan rasmlarda ko’rsatilganidek Matritsa tashkiloti funktsional va loyiha tashkilotlarining xususiyatlarini o’zida jamlaydi. Matritsa tashkilotlari funktsional va loyiha rahbarlarining vakolati yoki ta’sir qilsih kuchiga qarab zaif, muvozanatlashgan va kuchli turlaga bo’linadi. Zaif matritsali tashkilotlar funktsional tashkilotining ko’p xususiyatlarini o’zida jamlagandir va loyiha rahbarining roli koordinator yoki dispetcher kabidir.Loyiha dispetcheri xodimlarga ko’maklashuvchi va kommunikatsiyani koordinatlashtiruvchi sifatida ishlaydi. Dispetcherda shaxsan o’zi qarorlarni qabul qilish yoki tatbiq etish kuchiga ega emas. Loyiha koordinatori esa ba’zi qarroalrni qabul qilish va yuqori darajadagi rahbarlarga hisobot berish vakolatlariga ega. Kuchli matritsali tashkilotlar loyiha tashkilotining ko’p xususiyatlarini o’zida jamlagan bo’lib, katta vakolatlarga ega to’liq ishtirok etuvchi loyiha rahbarlariga va to’liq ishtirok etuvchi loyiha boshqaruv ma’muriyat xodimlariga egadirlar. Muvozanatlashgan matritsali tashkilot loyiha rahbarining kerakligini e’tirof etgani bilan, loyiha rahbariga loyihaga va loyihanning moliyalashtirishga kerak bo’lgan to’liq vakolatlarni bermaydi.

Zaif Matritsa Tashkiloti
Zaif Matritsa Tashkiloti
Muvozanatlashgan Matritsa Tashkiloti
Muvozanatlashgan Matritsa Tashkiloti
Kuchli Matritsa Tashkiloti
Kuchli Matritsa Tashkiloti

Loyiha Tashkiloti

Spektrning ohirgi uchida funktsional tashkilotiga teskari ravishda quyidagi rasmda loyiha tashkiloti joylashgan. Loyiha tashkilotida jamoa a’zolaro odatda bir yerda joylashgan bo’ladi. Tashkilot resurslarining asosiy qismi loyiha ishlarida ishtirok etadilar va loyiha rahbarlari to’liq mustaqillikka va katta vakolatlariga egadirlar. Bir joyda joylashgan jamoalardan keladigan foydalarni yuzaga chiqarish maqsadida ko’pincha virtual hamkorlik usullaridan foydalaniladi. Loyiha tashkilotlari ko’pincha departamentlar deb nomlanuvchi tashkiliy bo’limlarga ega bo’ladilar, lekin ular ham to’g’ridan-tog’ri loyiha rahbariga hisobot beradilar yoki bo’lmasam turli hil loyihalarda ko’maklashuvchi xizmatlarini taqdim etadilar.

Loyiha Tashkiloti
Loyiha Tashkiloti

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan