Kosmik Stantsiyasi loyihasi haqida: dalillarda va raqamlarda

Xalqaro kosmik stantsiyasi o’ziga xos noyob makon bo’lib, u o’zida barcha Yerda amalga oshirish mumkin bo’lmagan yangi tehnologiyalarni namoyish etuvchi ilm-fan, texnologiya va insoniyat tomonidan ixtiro qilingan innovatsiyalarni jamlagandir.

U mikro-gravitatsiya tortish kunchiga ega labaratoriya bo’lib, unda 6 kishidan iborat xalqaro ekipaj yashashi va Yer  atrofida soniyasiga 5km masofada harakatlanib, Yer orbitrasini 90 daqiqa aylanib chiqish imkoniyatini egadir.

Kosmik stantsiya 2000-yil noyabr oyidan boshlab doimiy ravishda tashrif buyuruvchilar bilan band. Hozirgi qadar 15 dan ortiq davlatlardan 200 kishi unga tashrif buyurgan.

Ekipaj a’zolari xaftasiga 35 soatni ona sayyoramiz odamlariga manfaat keltirish maqsadida Yer, kosmos, fizik va biologik ilm-fan tadqiqotlarni amalga oshiradilar.

Bir akr (4046,86 м²) maydoniga ega quyosh battareyalari kosmik stantsiyani energiya bilan ta’minlab beradi, hattoki tungi osmonda yorqin bir obyekt ko’rinishida ko’rsatib beradi. Hattoki u sizning uyingiz tepasidan o’tayotganda uni ko’rish uchun maxsus teleskop talab qilmaydi.

Yuqoridan Tasvir: Xalqaro fazo stansiyasi uzunligi va kengligi futbol maydonining kattaligi bilan tengdir.

Xalqaro kosmik stantsiyasiga hozirgi qadar turli davlatlardan tashrif buyurganlar.

Dekabr 23, 2015: Xalqaro kosmik stantsiyasini hozirgi kundagi tarkibi.

1998 yildan beri Xalqaro kosmik stantsiyasini tashrif buyurgan 191 nafar fazogirlarning statistikasi

Xalqaro kosmik stantsiyasi eng ko’p kunlar yashagan rekordsmen fazogirlar statistikasi.

Kosmosda umumiy o’tkazgan kunlar bo’yicha

Kosmosga yakka tartibda uchib tegishli kunlarni o’tqazgan rekordsmenlar statistikasi

Xalqaro kosmik stantsiya (XKS) haqidagi qiziq dalillar:

  • XKSning quyosh batareyasi sirtki maydoni AQSh Senatol Palatasining maydonidan uch baravar katta.
  • XKS 6ta yotoqhonaga ulkan uydan ham kattaroqdir.
  • XKS ichki zichlangan hajmi 32,333 kub futni tashkil qiladi, yoki boshqacha aytganda Boeing 747 samolyotining hajmiga tengdir.
  • Quyosh batareyasining qanotlarinin uzunligi (240 fut) Boeing 777 200/300 modelining qanotining uzunliga (212 fut) nisbatan uzunroq. U 75-90 kVt energiya bilan XKSni ta’minlab beradi.
  • Ellik ikki kompyuterlar XKS tizimlarini nazorat qilib turadi.
  • XKSni qurib ishga tushirish davomida besh xil turdagi transport vositalari yordamida 115 dan ortiq marta uchishlar amalga oshirilgan.
  • 100 dan ortiq telefon-budkalar o’lchamidagi qurilmalar XKSning kosmik tizimlari va tadqiqot tajribalari uchun xizmat qilishi mumkin.
  • XKS Rossiyaning Mir kosmik stantsiyasidan to’rt baravar va AQShning Skylab kosmik stantsiyasidan taxminan besh baravar katta hajmga ega.
  • XKS deyarli bir million pund o’girlikka ega (taxminan 925.000 pound) . Bu tahminan 320ta avtomobilning  o’g’irligiga teng degani.
  • XKSning bir uchan boshqa uchigacha uzunligi 357 fut tashkil qiladi. Bu 360 fut uzunlikdagi futbol maydoning uzunligiga deyarli teng bo’ladi.
  • Yerdagi 3,3 milliondan ziyod dasturiy kodlash liniyalari uchish uchun mo’ljallangan 1,8 million dasturiy kodlash liniyalarini qo’llab-quvvatlaydi.
  • Sakkiz mil uzunlikdagi elektr liniyalari tizimning energiyasini bog’lab turadi.

Xalqaro kosmik stantsiyasining hajmi va o’lchamlari

  • Modulning uzunligi: 167,3 fut (51 metr)
  • Bog’lamning uzunligi: 357,5 fut (109 metr)
  • Quyosh batareya panelining uzunligi: 239,4 fut (73 metr)
  • O’girligi: 924.739 pund (419,455 kg)
  • Yashash sharoitiga ega hajmi: 13.696 kub fut (388 kub metr)
  • Zichlangan hajmi: 32.333 kub fut (916 kub metr)
  • Energiya generatsiyasi: 8ta quyosh panellar 84 kilovatt elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
  • Kompyuter dasturlash kodining liniyalari soni: taxminan 2,3 million.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan