Loyiha Xaridlar Boshqaruvi loyiha jamoasiga tashqi bo’lgan mahsulotlar, xizmatlar yoki natijalarni sotib olish yoki qo’lga kiritish uchun zarur bo’lgan protsesslarni o’z ichiga oladi. Tashkilot loyihaga oid mahsulotlarni, xizmatlarni yoki natijalarni xarid qiluvchi yoki sotib oluvchi sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Loyiha Xaridlar Boshqaruvi shartnomalarni tuzish va boshqarish yoki vakolatli loyiha jamoa a’zolari tomonidan sotib olish buyurtmalarini yaratish uchun zarur shartnomalar boshqaruvi va o’zgarishlarni nazorat etish protsesslarini o’z ichiga oladi. Shu bilan birga Loyiha Xaridlar Boshqaruvi tashkilotga tashqi bo’lgan (xaridor) tomonidan loyiha yetkazib berayotgan natijalarni bajaruvchi tashkilot(sotuvchi)dan sotib olish shartnomasining imzolanishini nazorat etishni va shartnoma asosida loyiha jamoasi ustiga yuklatilgan shartnomaviy majburiyatlarni boshqarishni o’z ichiga oladi. Quyida asosiy Loyiha Xaridlar Boshqaruvi protsesslari keltirilgan: Xaridlar Boshqaruvini Rejalashtirish – loyiha xaridlariga oid qarorlarni hujjatlashtirish, yondashuvni belgilash va potentsial sotuvchularni topish protsessidir. Xaridlarni Amalga Oshirish – sotuvchilardan javoblarni olish, sotuvchini tanlash va shartnomani imzolash protsessidir. Xaridlarni Nazorat Qilish – xaridlarga oid munosabatlarni boshqarish, shartnomaning bajarilishini monitor qilish va kerak bo’lganda o’zgarishlar va tuzatishlar kiritish protsessidir. Xaridlarni Yopish – loyihaga oid har qaysi xaridlarini yakunlash protsessidir. Ushbu protsesslar bir-birlari bilan va boshqa Bilim Sohalariga oid protsesslar bilan o’zaro munosabatlarga egadirlar. Loyiha Xaridlar Boshqaruvi protsesslari xaridor va sotuvchi o’rtasida qonuniy hujjat bo’lgan bitimlar, shu jumladan shartnomalarni o’z ichiga oladi. Shartnoma – bu o’zaro majburiy bitim bo’lib, u sotuvchiga qiymatga ega narsa (masalan, belgilangan mahsulotlar, xizmatlar va natijalar) bilan ta’minlash majburiyatini yuklaydi va xaridorga pul yoki boshqa mos qiymatga ega kompensatsiya bilan to’lash majburiyatini yuklaydi. Bitim sodda yoki murakkab bo’lishi mumkin va yetkazib berilayotgan natijalar yoki talab etilayotgan harakatlarning soddaligini yoki murakkabligini aks ettiradi. Xaridlar shartnomasi nizomlar va shartlarini o’z ichiga oladi va sotuvchi amalga oshirishi yoki taqdim etishi kerak xaridor tomonidan belgilagan bandlarni o’z ichiga olishi mimkin. loyiha boshqaruv jamoasininig javobgarligiga tashkiliy xaridlarning nizomlariga rioya etgan holda barcha xaridlar loyihaning belgilangan ehtiyojlarini qondirishi kiradi. Amaliy soha turiga qarab, shartnoma yana “bitim”, “kelishuv”, “subpudrat” yoki “sotib olishga buyurtma” deb nomlanishi mumkin. Ko’pgina tashkilotlarning nizomlari va protseduralari xaridlarga oid qoidalarni maxsus ravishda aniqlaydilar va tashkilot nomidan bunday bitimlarni imzolash va boshqarish vakolati kimda ekanligini belgilab beradilar. Barcha loyiha hujjatlari ko’rib chiqish yoki tasdiqlashni talab etsa-da, shartnoma yoki bitimlarning qonuniy kuchga ega tabiati odatda ularning yanada kengroq tasdiqlash protsessidan o’tishi kerakligini anglatadi. Har qanday holatda ham, asosiy e’tibor belgilangan loyiha ehtiyojini qonidiruvchi mahsulotlar, xizmatlar yoki natijalarni tasvirlab beruvchi shartnoma tiliga qaratiladi. Dastlabgi fazalarda loyiha boshqaruv jamoasi shartnomalashish, xaridlarni amalga oshirish, huquqiy va texnik sohalarga oid mutaxassislarning qo’llab-quvvatlashlaridan foydalanishi mumkin. Bunday jalb etilinish tashkilot nizomlari ko’ra majburiy bo’lishi mumkin. Loyiha Xaridlar Boshqaruvining protsesslaridagi turli faoliyatlarning ishtiroki bitimning hayotiy tsiklini tashkil etadi. Bitimning hayotiy tsiklini faol ravishda boshqarish va xaridlarga oid nizomlar va shartlarining formulirovkasini ehtiyotkorlik bilan belgilash, bir qancha aniqlanishi mumkin bo’lgan loyiha xavflarini sotuvchi bilan ulashish yoki javobgarlikni unga o’tkazib yuborish imkonini beradi. Mashulotlar yoki xizmatlarni yetkazib berish bo’yicha bitimni imzolash, potentsial xavflarni boshqarish yoki ulashish bo’yicha javobgarliklarning belgilashning bir usuli hisoblanadi. Murakkab loyihalar bir necha shartnomalar yoki subpudratlarni bir vaqtning o’zida yoki birin-ketinlik tartibida boshqarishni o’z ichiga olishi mumkin. Bunday holatlara har bir shartnomaning hayotiy tsikli loyihaning hayotiy tsikli davomidagi har qanday faza davomiyligida yakunlanishi mumkin. Loyiha Xaridlar Boshqaruvi xaridor-sotuvchi munosabatlari nuqtai nazaridan muhokama qilinadi. Xaridor-sotuvchi munosabatlari har qanday loyihaning ko’pgina darajalarida, hamda sotib oluvchi tashkilotga nisbatan ichki va tashqi bo’lgan tashkilotlar o’rtasida mavjud bo’lishi mumkin. Amaliy soha turiga qarab, sotuvchi “pudratchi”, “subpudratchi”, “ishlab chiqaruvchi”, “xizmat provayderi” yoki “yetkazib beruvchi” deb nomlanishi mumkin. Xaridorning loyihaga doir xaridlar tsiklida tutgan o’rniga qarab “mijoz”, “buyurtmachi”, “bosh pudratchi”, “pudratchi”, “tashkilot-xaridor” “xizmatlar buyurtmachisi” yoki “sotib oluvchi” deb nomlanishi mumkin. Sotuvhchi shartnomaning hayotiy tsikli davomida avvalombor tender ishtirokchisi sifatida ko’riladi, keyinchalik esa tanlangan yetkazib beruvchiga va nihoyat oxirida esa shartnoma mayburiyatlariga ega yetkazib beruvchi yoki ishlab chiqaruvchiga aylanadi. Agar sotib olinayotgan narsalar materiallar, tovarlar yoki odatiy mahsulotlar bo’lmasa, bunday holatda odatga ko’ra sotuvchi ishlarni loyiha sifatida boshqaradi. Bunday holatlarda: · Xaridor mijozga aylanadi va sotuvchi uchun loyihaning asosiy manfaatdor tomoni bo’lib hisoblanadi. · Sotuvchining loyiha boshqaruv jamoasi faqatgina ushbu (Xaridlar) Bilim Sohasiga emas, barcha barcha loyiha boshqaruv protsesslariga jalb etilishi kerak bo’ladi. · Shartnomaning nizomlari va shartlari sotuvchining juda ko’p boshqaruv protsesslariga asos soluvchi ma’lumotlarga aylanadi. Shartnoma asilda muhim ma’lumotlarni (masalan, yetkazib berilayotgan mahsulotlar, asosiy nazorat nuqtalari, maqsadlarning narxlari) o’z ichiga olishi mumkin, yoki u loyiha jamoasi imkoniyatlarini checklashi mumkin (masalan, loyihalarni tuzayotganda ko’pincha kadrlar bilan ta’minlashga oid qarorlar xaridordan talab etiladi). Ushbu bo’limda, loyiha uchun biron-bir predmet yoki xizmat sotib olayotgan xaridor loyiha jamoasi sifatida tayinlanadi va sotuvchi esa loyiha jamoasiga nisbatan tashqi tashkilot bo’ladi, deb taxminan qilinadi. Bundan tashqari, xaridor va sotuvchi o’rtasida rasmiy shartnomaviy munosabatlar ishlab chiqilgan va mavjud bo’ladi, deb ham tahmin qilinadi. Shunga qaramay, ushbu bo’limda yoritilgan materiallarning katta qismi loyiha jamoasining tashkilotiga qarashli boshqa bo’linmlari bilan bo’ladigan shartnomaviy bo’lmagan munosabatlariga ham teng taaluqli hisoblanadi.

Loyiha Xaridlar Boshqaruvi loyiha jamoasiga tashqi bo’lgan mahsulotlar, xizmatlar yoki natijalarni sotib olish yoki qo’lga kiritish uchun zarur bo’lgan protsesslarni o’z ichiga oladi. Tashkilot loyihaga oid mahsulotlarni, xizmatlarni yoki natijalarni xarid qiluvchi yoki sotib oluvchi sifatida namoyon bo’lishi mumkin.

Loyiha Xaridlar Boshqaruvi shartnomalarni tuzish va boshqarish yoki vakolatli loyiha jamoa a’zolari tomonidan sotib olish buyurtmalarini yaratish uchun zarur shartnomalar boshqaruvi va o’zgarishlarni nazorat etish protsesslarini o’z ichiga oladi.

Shu bilan birga Loyiha Xaridlar Boshqaruvi tashkilotga tashqi bo’lgan (xaridor) tomonidan loyiha yetkazib berayotgan natijalarni bajaruvchi tashkilot(sotuvchi)dan sotib olish shartnomasining imzolanishini nazorat etishni va shartnoma asosida loyiha jamoasi ustiga yuklatilgan shartnomaviy majburiyatlarni boshqarishni o’z ichiga oladi.

Quyida asosiy Loyiha Xaridlar Boshqaruvi protsesslari keltirilgan:

  • Xaridlar Boshqaruvini Rejalashtirish – loyiha xaridlariga oid qarorlarni hujjatlashtirish, yondashuvni belgilash va potentsial sotuvchularni topish protsessidir.
  • Xaridlarni Amalga Oshirish – sotuvchilardan javoblarni olish, sotuvchini tanlash va shartnomani imzolash protsessidir.
  • Xaridlarni Nazorat Qilish – xaridlarga oid munosabatlarni boshqarish, shartnomaning bajarilishini monitor qilish va kerak bo’lganda o’zgarishlar va tuzatishlar kiritish protsessidir.
  • Xaridlarni Yopish – loyihaga oid har qaysi xaridlarini yakunlash protsessidir.

Ushbu protsesslar bir-birlari bilan va boshqa Bilim Sohalariga oid protsesslar bilan o’zaro munosabatlarga egadirlar.

Loyiha Xaridlar Boshqaruvi protsesslari xaridor va sotuvchi o’rtasida qonuniy hujjat bo’lgan bitimlar, shu jumladan shartnomalarni o’z ichiga oladi. Shartnoma – bu o’zaro majburiy bitim bo’lib, u sotuvchiga qiymatga ega narsa (masalan, belgilangan mahsulotlar, xizmatlar va natijalar) bilan ta’minlash majburiyatini yuklaydi va xaridorga pul yoki boshqa mos qiymatga ega kompensatsiya bilan to’lash majburiyatini yuklaydi. Bitim sodda yoki murakkab bo’lishi mumkin va yetkazib berilayotgan natijalar yoki talab etilayotgan harakatlarning soddaligini yoki murakkabligini aks ettiradi.

Xaridlar shartnomasi nizomlar va shartlarini o’z ichiga oladi va sotuvchi amalga oshirishi yoki taqdim etishi kerak xaridor tomonidan belgilagan bandlarni o’z ichiga olishi mimkin. loyiha boshqaruv jamoasininig javobgarligiga tashkiliy xaridlarning nizomlariga rioya etgan holda barcha xaridlar loyihaning belgilangan ehtiyojlarini qondirishi kiradi. Amaliy soha turiga qarab, shartnoma yana “bitim”, “kelishuv”, “subpudrat” yoki “sotib olishga buyurtma” deb nomlanishi mumkin. Ko’pgina tashkilotlarning nizomlari va protseduralari xaridlarga oid qoidalarni maxsus ravishda aniqlaydilar va tashkilot nomidan bunday bitimlarni imzolash va boshqarish vakolati kimda ekanligini belgilab beradilar.

Barcha loyiha hujjatlari ko’rib chiqish yoki tasdiqlashni talab etsa-da, shartnoma yoki bitimlarning qonuniy kuchga ega tabiati odatda ularning yanada kengroq tasdiqlash protsessidan o’tishi kerakligini anglatadi. Har qanday holatda ham, asosiy e’tibor belgilangan loyiha ehtiyojini qonidiruvchi mahsulotlar, xizmatlar yoki natijalarni tasvirlab beruvchi shartnoma tiliga qaratiladi.

Dastlabgi fazalarda loyiha boshqaruv jamoasi shartnomalashish, xaridlarni amalga oshirish, huquqiy va texnik sohalarga oid mutaxassislarning qo’llab-quvvatlashlaridan foydalanishi mumkin. Bunday jalb etilinish tashkilot nizomlari ko’ra majburiy bo’lishi mumkin.

Loyiha Xaridlar Boshqaruvining protsesslaridagi turli faoliyatlarning ishtiroki bitimning hayotiy tsiklini tashkil etadi. Bitimning hayotiy tsiklini faol ravishda boshqarish va xaridlarga oid nizomlar va shartlarining formulirovkasini ehtiyotkorlik bilan belgilash, bir qancha aniqlanishi mumkin bo’lgan loyiha xavflarini sotuvchi bilan ulashish yoki javobgarlikni unga o’tkazib yuborish imkonini beradi. Mashulotlar yoki xizmatlarni yetkazib berish bo’yicha bitimni imzolash, potentsial xavflarni boshqarish yoki ulashish bo’yicha javobgarliklarning belgilashning bir usuli hisoblanadi.

Murakkab loyihalar bir necha shartnomalar yoki subpudratlarni bir vaqtning o’zida yoki birin-ketinlik tartibida boshqarishni o’z ichiga olishi mumkin. Bunday holatlara har bir shartnomaning hayotiy tsikli loyihaning hayotiy tsikli davomidagi har qanday faza davomiyligida yakunlanishi mumkin. Loyiha Xaridlar Boshqaruvi xaridor-sotuvchi munosabatlari nuqtai nazaridan muhokama qilinadi. Xaridor-sotuvchi munosabatlari har qanday loyihaning ko’pgina darajalarida, hamda sotib oluvchi tashkilotga nisbatan ichki va tashqi bo’lgan tashkilotlar o’rtasida mavjud bo’lishi mumkin.

Amaliy soha turiga qarab, sotuvchi “pudratchi”, “subpudratchi”, “ishlab chiqaruvchi”, “xizmat provayderi” yoki “yetkazib beruvchi” deb nomlanishi mumkin. Xaridorning loyihaga doir xaridlar tsiklida tutgan o’rniga qarab “mijoz”, “buyurtmachi”, “bosh pudratchi”, “pudratchi”, “tashkilot-xaridor” “xizmatlar buyurtmachisi” yoki “sotib oluvchi” deb nomlanishi mumkin. Sotuvhchi shartnomaning hayotiy tsikli davomida avvalombor tender ishtirokchisi sifatida ko’riladi, keyinchalik esa tanlangan yetkazib beruvchiga va nihoyat oxirida esa shartnoma mayburiyatlariga ega yetkazib beruvchi yoki ishlab chiqaruvchiga aylanadi.

Agar sotib olinayotgan narsalar materiallar, tovarlar yoki odatiy mahsulotlar bo’lmasa, bunday holatda odatga ko’ra sotuvchi ishlarni loyiha sifatida boshqaradi. Bunday holatlarda:

  • Xaridor mijozga aylanadi va sotuvchi uchun loyihaning asosiy manfaatdor tomoni bo’lib hisoblanadi.
  • Sotuvchining loyiha boshqaruv jamoasi faqatgina ushbu (Xaridlar) Bilim Sohasiga emas, barcha barcha loyiha boshqaruv protsesslariga jalb etilishi kerak bo’ladi.
  • Shartnomaning nizomlari va shartlari sotuvchining juda ko’p boshqaruv protsesslariga asos soluvchi ma’lumotlarga aylanadi.

Shartnoma asilda muhim ma’lumotlarni (masalan, yetkazib berilayotgan mahsulotlar, asosiy nazorat nuqtalari, maqsadlarning narxlari) o’z ichiga olishi mumkin, yoki u loyiha jamoasi imkoniyatlarini checklashi mumkin (masalan, loyihalarni tuzayotganda ko’pincha kadrlar bilan ta’minlashga oid qarorlar xaridordan talab etiladi).

Ushbu bo’limda, loyiha uchun biron-bir predmet yoki xizmat sotib olayotgan xaridor loyiha jamoasi sifatida tayinlanadi va sotuvchi esa loyiha jamoasiga nisbatan tashqi tashkilot bo’ladi, deb taxminan qilinadi. Bundan tashqari, xaridor va sotuvchi o’rtasida rasmiy shartnomaviy munosabatlar ishlab chiqilgan va mavjud bo’ladi, deb ham tahmin qilinadi. Shunga qaramay, ushbu bo’limda yoritilgan materiallarning katta qismi loyiha jamoasining tashkilotiga qarashli boshqa bo’linmlari bilan bo’ladigan shartnomaviy bo’lmagan munosabatlariga ham teng taaluqli hisoblanadi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan