Loyiha Xavf Boshqaruvi

Loyiha Xavf Boshqaruvi o’z ichiga xavf boshqaruvini rejalashtirish, xavflarni aniqlash va analiz qilish, ularga javob choralarini rejalashtirish va xavflarni nazorat qilish faoliyatlarini amalga oshiruvchi protsesslarni oladi. Loyiha xavf boshqaruvining asosiy maqsadlari – bu loyihadagi ijobiy natijalarga yetishish ehtimolligini va ta’sirini oshirish, va salbiy natijalar vujudga kelish ehtimolligini va ta’sirini kamaytirishdir.

Quyida asosiy Loyiha Xavf Boshqaruvi protsesslari keltirilgan:

  • Xavf Boshqaruvini Rejalashtirish – Loyihaning xavf boshqaruviga oid faoliyatlarni qanday amalga oshirish kerakligni aniqlaydigan protsessdir.
  • Xavflarni Aniqlash – Qaysi xavflar loyihaga ta’sir o’tkazishi mumkinligini aniqlash va ularning xususiyatlarini xujjatlashtirish protsessidir.
  • Xavflarni Sifatli Analiz Qilish – Xavflarni kelgusida analiz qilish yoki amalga oshirish maqsadida ularni ustuvorlashtirish (prioritetlash) protsessidir, bu ishlar ularning vujudga kelish va ta’sir etish ehtimolliklarini baholash va solishtirish orqali amalga oshiriladi.
  • Xavflarni Miqdoriy Analiz Qilish – Aniqlangan xavflarning umumiy loyiha maqsadlariga ta’sirlarini raqamlar asosida analiz qilish protsessidir.
  • Xavflarga Javob Choralarini Rejalashtirish – Loyiha maqsadlariga yetishish yo’lida yaxshi imkoniyatlarni oshirishga va tahdidlarni kamayirishga oid variantlar va faoliyatlarni ishlab chiqish protsessidir.
  • Xavflarni Nazorat Qilish – Xavflarga oid javob choralar rejasini amalga oshirish, aniqlangan xavflarni nazorat qilish, (asosiy xavflar aniqlangandan so’ng qolgan) qoldiq xafvlarni monitor qilish, yangi xavflarni aniqlash va loyiha davomida xavfga oid protsesslarining samaradorligini baholash protsessidir.

Ushbu protsesslar bir-birlari bilan va boshqa Bilim Sohalariga oid protsesslar bilan o’zaro munosabatlarga egadirlar.

Loyiha xavfi – bu aniq bo’lmagan hodisa yoki vaziyat bo’lib, agar u yuzaga kelsa, loyihaning tarkib, jadval, narx va sifat kabi bir yoki bir necha maqsadlariga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatadi. Xavf bir yoki bir necha sababalrga ega bo’lishi mumkin, agar u yuzaga kelsa, u bir yoki bir necha ta’sirlar ko’rsatishi mumkin. Sabab deb, salbiy yoki ijobiy natijalarning yuzaga kelish imkoniyatini yaratuvchi berilgan yoki potentsial talab, taxmin, cheklov yoki shartga aytiladi. Misol uchun, xavf sabablariga atrof-muhit muhozafasiga oid hujjat uchun ruxsat olish yoki loyihani ishlab chiquvchu xodimlarni yetishmasligi kiradi. Xavf sifatida birinchi navbatda nazorat etuvchi organ tomonidan ruxsat berilishining cho’zilishini misol qilish mumkin. Ikkinchidan esa, qulay imonkiyat sifatida loyihani ishlab chiqishda qatnashishi mumkin bo’lgan xodimlarni qo’shimcha rivojlantirish ularni loyihaga tayinlash uchun tayyor holga keltirishi mumkin. Ushbu noma’lum hodisalardan birortasining yuz berishi, loyihaga, tarkibga, narxga, jadvalga, sifatga yoki bajarilish unumdorligiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Xavf shartlari paydo bo’lishiga loyiha xavfini ko’payishiga hisssa qo’shadigan loyiha yoki tashkilotga oid muhitning jihatlari kiradi. Bularga loyiha boshqaruv amaliyotlarining to’liqmasligi, integratsiya bosqaruv tizimlarining yetishmasligi, bir vaqtdagi bir necha loyihalar, loyiha boshqaruv nazoratidan chetda bo’lgan tashqi ishtirokchilarga qaramlik kabilar kiradi.

Loyiha xavfining kelib chiqishidagi noaniqlik barcha loyihalarda namoyondir. Ma’lum xavflar deb, aniqlangan va analiz qilingan xavflar, shuningdek, ularga nisbatan javob choralarining rejalashtirilishiga imkoniyat bor xavflarga aytiladi. Proaktiv (faol) boshqarilib bo’lmaydigan ma’lum xavflarga ko’zda tutilmagan holatlar uchun zahiralar tayinlanadi. Noma’lum xavflarni proaktiv (faol) boshqarib bo’lmaydi va shunga ko’ra ularga boshqaruv zahiralari tayinlanishi mumkin. Yuzaga kelib ulgurgan loyiha xavfi muammo sifatida ko’riladi.

Individual loyiha xavflari umumiy loyiha xavflaridan farq qiladilar. Umuman olganda loyiha xavfi butun loyiha bilan bog’liq bo’lgan noaniqlik ta’sirini aks ettiradi. Bu loyihadagi individual xavflar yi’g’indisidan ko’proqdir, chunki, u loyihaga oid barcha noaniqliklarni o’z ichiga oladi. Loyihaning yakuniy natijalaridagi o’zgarishlar loyiha manfaatdor tomonlariga salbiy yoki ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Tashkilotlar xavflarni loyiha va tashkiliy maqsadlarga ta’sir ko’rsatuvchi noaniqlik deb anglaydilar. Tashkilotlar va manfaatdor tomonlarning xavflarga bo’lgan munosabatlariga qarab turli xil darajadagi xafv ma’qul kelishi mumkin. Bir qator omillar har ikkala tashkilot va manfaatdor tomonlarga ta’sir etishi mumkin va ularni uchta kategoriyaga ajratish mumkin:

Xavfga nisbatan moyillik – keladigan manfaatni oldindan sezgan holda subyekt qaror qabul qilishni qanchalik xohlayotganlig bo’yicha noaniqlik darajasi.

Xavfga nisbatan bardoshlilik – tashkilot yoki shaxs dosh bera oladigan xafvnning darajasi, miqdori yoki hajmi.

Xavf bo’sag’asi – noaniqlik darajasini yoki tas’ir darajasining o’lchovi bo’lib, u xususida manfaatdor tomon o’ziga xos qiziqishlarga ega bo’lishi mumkin. Agar ushbu xavf bo’sag’asidan past bo’lsa, tashkilot xavfni qabul qiladi. Agar ushbu xavf bo’sag’asidan baland bo’lsa, tashkilot xavfni qabul qilmaydi. Misol uchun, tashkilotning xavfga bo’lgan munosabati uning noaniqlikka nisbatan moyilligini, to’g’ri kelmaydigan xavf darajalari uchun uning bo’sag’asini, yoki qanday holatlarda tashkilot turli xil xavf javob choralari sababidan tahkilotning xavfga nisbatan qanday bardoshliliklarini tushunish kabilarni o’z ichiga olgan bo’lishi mumkin.

Ijobiy va salbiy xavflar umuman olgandan imkoniyatlar va tahdidlar deb yuritiladi. Agar xavflar kerakli bardoshlilik darajasida bo’lsa va xavflarni qabul qilish natijasida ular muvozanatlashgan bo’lsa, shundagina bunday loyiha qabul qilinishi mumkin. Xavf bardoshliligi doirasidagi ijobiy xavflar imkoniyatlar taklif qiladi va ulardan keladigan foydani oshirish uchun harakat qilish mumkin. Misol uchun, resurslarni optimallash bo’yicha aggressiv texnikani qo’llash – bu kamroq resurslardan foydalanish hisobiga manfaat olishni oldindan sezgan holda qabul qilingan xavfdir.

Alohida shaxslar va guruhlar o’zlarining xavflarga nisbatan munosabatlarini qabul qiladilar va bu ularning ularga javob qilish yo’llariga ta’sirini o’tkazadi. Ushbu asosiy xavf munosoabatlariga anglash, bardoshlilik va boshqa noxolis yondashuvlar kiradi va ular imkoniyatga qarab sekin-sekin aniqlanib borilishi mumkin. Xavfga nisbatan izchil yondashuv har bir loyiha uchun ishlab chiqilishi zarur, shuningdek, xavf kommunikatsiyasi va uni boshqaruvi ochiq va insof bilan bo’lishi kerak. Xavfga nisbatan javob choralar ko’rish, tashkilotning xavfni qabul qilish va xavfni inkor etish o’rtasidagi muvozanatni qanday tushishinishiga bog’liq.

Muvaffqaiyatga erishish uchun har bir tashkilot loyiha davomidan xavf boshqaruvini proaktiv (faol) va izchil ravishda amalga oshirishi kerak. Loyihaning hayoti davomidagi samarali xavf boshqaruvini faol ravishda aniqlash va samarali shug’ullanish maqsadida tashkilotning barcha darajalarida ongli ravsihda tanlov amalga oshirilgan bo’lishi kerak. Loyiha xavfi loyiha boshlanish vaqtidan boshlab mavjud bo’lishi mumkin. Loyiha boshqaruviga faol e’tibor bermasdan loyihani bajarishni ilgari surish, boshqarib bo’lmas tahdidlar natijasida yuzaga keladigan ko’proq muammolarga sabab bo’lishi mumkin.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan