Yopilish Protsess Guruhi

Yopilish Protsess Guruhi loyihani, fazani yoki shartnoma bo’yicha majburiyatlarini tugatish uchun kerak bo’ladigan Loyiha Boshqaruv Protsess Guruhlari doirasidaga barcha faoliyatlarni amalga oshiruvchi protsesslardan tashkil topgandir. Ushbu Protsess Guruhi agar tugallanadigan bo’lsa, loyihani yoki loyiha fazasini yopish uchun kerak barcha Protsess Guruhlari doirasidagi barcha protsesslar yakunlanganligini tekshiradi va shunga muvofiq ravishda loyiha yoki loyiha fazasi rasmiy ravishda tugatilganligini tasdiqlaydi.

Shuningdek, ushbu Protsess Guruhi loyihaning barvaqt yopilishini ham belgilab beradi. Barvaqt yopilgan loyihalarga to’xtatilggan loyihalar, bekor qilingan loyihalar yoki inqiroz holatida turgan loyihalar misol bo’lishi mumkin. Ayrim holatlarda qachonki ba’zi shartnomalar rasmiy ravishda yakunlanmasa (da’volar, shartnomani bekor qilish haqidagi bandlar va hakazolar sabab) yoki ayrim faoliyatlarni boshqa tashkiliy bo’limlarga o’tkazib yuborish talab etilsa, o’tkazib yuborish uchun maxsus zarur protseduralar aniqlanishi va oxiriga yetkazilishi mumkin.

Loyiha yoki faza yopilsihida quyidagilar sodir bo’lishi mumkin:

  • Mijoz yoki homiydan loyiha yoki loyiha fazasini rasmiy yopish uchun zarur bo’lgan qabul qilib olganlik haqidagi tasdiqni qo’lga kiritish,
  • Loyiha yoki faza yakunlari to’grisidagi tahlilni amalga oshirish,
  • Har qanday protsessning moslashuvi natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni hujjatlashtirish,
  • Chiqarilgan saboqlarni hujjatlashtirish,
  • Tashkilotning protsess aktivlari uchun zarur bo’lgan yangilanishlarni kiritish,
  • Kelajakda tarixiy ma’lumot sifatida foydalanish uchun barcha tegishli hujjatlarni loyiha boshqaruv axborot tizimi (PMIS – project management information system) da arxivlashtirish,
  • Barcha tegishli shartnomalar yakunlanganligini ta’minlovchi barcha xarid ishlariga taaluqli faoliyatlarni tugatish, va
  • Jamoa a’zolarini baholash va loyiha resurslarini qo’yib yuborish.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan